Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari


Xarakter haqida tushuncha


Download 110 Kb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi110 Kb.
#1427084
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sugdiyona

Xarakter haqida tushuncha
Ijtimoiy hayotda turmush kechirayotgan va faoliyat ko`rsatayot-gan har qanday shaxs o`zining individual-psixologik xususiyatlari bi­lan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xis-latlarida o`z ifodasini topadi. «Xarakter» tushunchasi yunoncha so`z boiib, «charakter» - bosilgan tamg`a yoki qiyofa, xislat degan ma`noni anglatsada, lekin u psixologiyada torroq mazmunda qo`llaniladi.
Xuddi shu boisdan, insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib boimaydi, chunonchi, aqlning tiyrak-ligi, topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko`rishning o`tkirligi idrokning tanlovchanligi singari individual-psixologik xususiyatlar bunga yorqin misoldir.
Xarakter - shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo`ladigan barqaror individual xususiyatlari bo`lib, individ uchun turli xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba`zida o`z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishning uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixolog-larning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlik-dan xavfsirashga qaraganda, ular o`z yutuqlarini yuksakroq qadrlaydi-lar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo`l urishda davom ctaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho`-chiydilar, o`ta ehtiyotkor bo`ladilar, qiyinchilikdan yuz o`giradilar, yengil ishga qo`l urishni lozim topadilar.
Xarakter xislatlarining namoyon bo`lishi bilan asab tizimi qiyoslansa, u holda, birinchisining ro`yobga chiqishi o`zgacha fizio­logik sharoitga asoslanishini ko`rish mumkin. Sobiq sovet psi-xologiyasida ta`kidlanishicha, asab tizimi umumiy turining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi.
B. M. Teplov, V. S. Merlin, Y. A. Klimovlarning tadqiqotlarida o`qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari aniqlangan. Xuddi shu bois, xarakter xislatlari paydo bo`lish ning o`zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy turining xusu­siyatlari hisoblanadi.
Ma`lumki, asab tizimining umumiy turi temperamentnmg fiziolo­gik asosi harndir. Shuning uchun temperament turi xarakterning indi­vidual o`ziga xos xislatlarining ro`yobga chiqishidagi mubim psixolo-gik sharoitlardan biri bo`lib hisoblanadi.
L P. Pavlov tajribasining ko`rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta`sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taalluqlj dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltiri-shi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig`indisidan iborat emas, balki o`zaro bir-biriga bog`liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi, Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo`lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma`lum bo`lsa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo`min, yuvosh bo`lsa, albatta, uning ko`ngilchan ekanligini sezamiz.
Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xusu­siyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o`zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan.
Xarakterning barqarorligi ham, o`zgaravchanligi ham moslashish faoliyatining` zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xu­susiyatlari-turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyat-larga duch kelsa-da. uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog`liq bo`libgina qolmasdan, balki tashqi va-ziyatni uning shaxsan o`zi yaratadi, shuningdek maqsadga muvoflq-lashtiradi.
Odatda psixik xususiyatlarning o`zaro bog`liq tizimi simptomo-
komplekslar (omillar) deyiladi (yunoncha symptoma - belgi, mos
tusiiish, «kompleks» esa lotinchada aloqa, majmua degan ma`noni
-anglatadi). Qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza
yuritilsa, u holda, insonlarda bu tizim o`ziga ishonish, o`zidan
mag`rurlanish, maqtanchoqlik, o`zbilarmonlik, urushqoqlik, kekkayish
kabilai`birikmasida yuzaga keladi.
Boshqa toifadagi shaxslar o`zlarining kamtarinligi, ko`ngilchan-
ligi, iltifotliligi, dilkashligi, rostgo`yligi bilan ajralib turadilar. Vo-
qelikka shaxsning munosabati xarakter xislatlarining o`zaro bir-biriga
bog`liqliginibildiradi. `
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to`rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:

  1. jamoa (guruh)ga va ba`zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab-burlik va boshqalar;

  1. mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu­siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas`uliyatlilik, ma-s`uliyatsizlik kabilar;

3)narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo;
4) shaxsning o`ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag`rurlik, takabburlik, dimog`dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Kishining xarakterini tashkil etuvchi bu individual xususiyatlar, birinchi navbatda, irodaga va his-tuyg`ularga, shuningdek ma`lum ma`noda aqlga ham taalluqlidir.
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko`p qirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratib ko`rsatilishi mumkin, lekin ular bir-biridan ajratilgan, alohida holda mavjud bo`lmaydi, balki ma`lum ma`noda xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o`zaro bog`liq bo`ladi. Xarakterning strukturaliligi uning ayrim xususiyatlari o`rtasidagi qonuniy bog`liqlikda namoyon bo`ladi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdagi zaruriy sharoitlaridan bi­ri xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastik-ligi ikki xil ma`no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqaror­ligi singari muhitga faol ta`sir o`tkazishning shartlaridan biri hisoblanadi. Amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o`zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishning za­ruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o`ziga xos individual xususiyatga ega bo`lib, uning tuzilish xislati sifatida mujassamlashadi. Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga bog`liqligiga binoan muayyan darajada shaxs muno-sabatlarining mazmuni bilan belgilanadi.
Xarakterning tarkib topishida kishining tevarak atrofdafd muhitga va o`z-o`ziga, hamda boshqa kishiga qanday munosabatoa bo`lishi muhirn hisoblanadi. Shu bilan birga, bu munosabatlar xarakterning eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo`ladi.
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodali`igi oxirgs rnarraga yetib, va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda, xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqeha urg`u berilishi) deb ataladigan vaziyattug`iladi.
Xarakterda urg`u berishning (aksentuatsiyasi) quyidag; eng mu­him turlari alohida ajratib ko`rsatiladi:
- introvert tur uchun odamovilik, muomalada va atroflagilar bi­lan aloqa o`rnatishda qiynalish, o`zi bilan o`zi bo`lib qo`Sish ; osdir;
- ekstrovert turga his-hayajonga tamomila berilganHk, ba`zan mupmaja ya faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat`i n. zar, unga intilish, ko`p gapirish, qiziqishlarining doimiy emasligi, ba`zan maq-tanchoqlik, yuzakilik, konformlilik xos;
~ boshqarib bolmaydigan tur - bunga g`ayri-tabiiylilv, muhoza-ralilik, e`tirozlarga murosasizlik, ba`zan esa shubhalanib qamsfa xos.
Xarakterning tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta`sirida amai-ga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs raunosabatlariga bog`liq bo.`isa, ular, o`z navbatida, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizakiarda turiicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan, ijtimoiy tiizumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xusu­siyati arigina. emas, balki xarakterning individual xususiyatlari (xislat­lari), tarkib topishiga ham katta ta`sir o`tkazadi.
Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog`liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o`rtoqiik, o" yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, baidjaft lik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit,` undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar ko`rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o`ziga xos belgilari shakllanadi. Bolalar bog`chasi-dagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o`zgarishlar yuzaga keladi. ;,,
Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat daraja-•da barqaror boiib, ularga ayrim o`zgarishlar kiritish juda qiyin ke-chadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko`p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog`liq. Inson-ning rostgo`ylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo`lib, uning ongli qarashlariga, aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin hoiatlarda ham namoyon bo`laveradi.
Shunday qilib, psixikaning Individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo`shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xusu-siyatlariga va, avvalo, asab tizimi turiga bogiiqdir. Chunki xarakter bilan temperamentning o`zaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo`lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi.
Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat-lariga bog`liqdir. Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko `rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda, flegmatik tipdagi odam o`zida tashabbuskorlik va qat`iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur`atsizlik va vahimani bartaraf etish melan-xolik uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o`zini tuta bilishni va o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarashni, sangvinik-iarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi1.
Xarakter kishining xulq-atvor dasturidir. Kishining faoliyati, uning xulq-atvori, eng avvalo, uning o`z oldiga qo`ygan maqsadlari bilan belgilanadi va shaxsining yo`nalganligi - qiziqishlari, ideallari va e`tiqodining majmui doimo uning xulq-atvori va faoliyatining asosiy determinanti bo`lib qoladi.
Biroq shaxs yo`nalishida ko`plab umumiylik bo`lgan va maq-sadlari bir-biriga to`g`ri keladigan ikki kishida ana shu maqsadlarga erishish uchun ular foydalanayotgan usullarda jiddiy farqlar bo`lishi mumkin. Ana shu farqlar ortida shaxs xarakterining xususiyatlari turadi. Kishining xarakteridagi tipik holatlarda go`yo uning xulq-atvori uchun tipik dasturning poydevori qo`yilgan bo`ladi.
Shunday qilib, xarakterning xususiyatlari muayyan undovchi, vaj-sabab bildiruvchi kuchga ega bo`ladi, bu kuch ko`pincha xatti-harakat usulini tanlash, muayyan qiyinchiliklarni yengish zarur bo`lgan vaqtlarda, stress holatlarida eng ko`p darajada namoyon bo`ladi.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling