Shaxsning irodaviy sohasi


Download 1.51 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1537047
1   2   3   4
Bog'liq
SHAXSNING IRODAVIY SOHASI

IRODA HAQIDA TUSHUNCHA

  • Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o'tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o'z-o'zini boshqarishi demakdir.

Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.

  • Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.
  • Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi.

IRODANING VAZIFASI

  • Iroda o'zaro bog'liq ikkita vazifaning-undovchi va tormozlash (to'xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi.
  • Undovchi vazifasi kishining faolligini bilan ta'minlanadi. Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, o'yinda tashlangan to'pni qaytaradi, qo'pol so'zdan xafa bo'ladi va hokazo) bilan bog'liq bo'lgan paytdagi reativlikdan farqli o'laroq faollik harakatning ayni o'zida namoyon bo'ladigan ichki holatiga nisbatan sub'yektning o'ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (o'zaro zarur axborotni olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o'rtog'ini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon-veridagilarga qo'pollik qilishga yo'l qo'yadi va hokazo).

IRODANI TARBIYALASH

  • Irodani tarbiyalash. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo'lishi mumkin. Ularning hammasi quyidagi shartga amal qiladi: 1. Irodani tarbiyalani nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga bori, kishi o'z irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. Har bir qarshilkni «bo'ysindirilmagan qal'a» sifatida baholash lozim va bu qal'ani «olish uchun» barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni, to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshirish. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa, irodaviy motivlar darajasi yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta qiyinchliklarni bartaraf etishga qodirdir. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilsa kishining irodasi izdan chiqadi. 4. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi kerak. Bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, ya'ni kelajakka mo'ljallangan istiqboolni ko'ra olish juda muhim.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling