Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs
Download 215.5 Kb.
|
jamoa
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga boʻlinadi:
Kundalik faoliyat an’analari oʻquvchilarning oʻquv faoliyati (oʻzaro yordam turlari) va mehnat faoliyati (koʻchatlar oʻtkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bogʻliq sanalar (xususan, “Alifbe bayrami”, “Mustaqillik bayrami”, “Navroʻz bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi. An’analarning yuzaga kelishida oʻquvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va oʻqituvchilar oʻquvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bagʻishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qoʻymasligi zarur. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda oʻqituvchilar jamoasi yoki oʻqituvchi oʻquvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga oʻrgatish masalasiga e’tiborning qaratilishi ijobiy natijalarni beradi. Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi oʻrni va roli muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi: Oʻquvchilar jamoalarida rasmiy etakchilar bilan birga norasmiy yoʻlboshchilarning mavjudligi koʻzga tashlanadi. Odatda rasmiy yoʻlboshchilar tarkibini a’lo baholarga oʻqiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi oʻquvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga koʻra tengdoshlarini oʻz ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday oʻquvchilar boshqalardan jismonan kuchliligi, qat’iyatliligi, hech narsadan choʻchimasligi, oʻziga boʻlgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa oʻquvchilarga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. SHu bois sinf rahbari hamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat qilib borishlari zarur. Oʻquvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. SHu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida toʻlaqonli ma’lumotlarga ega boʻlishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi. Download 215.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling