Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs
Jamoa rivojlanishining toʻrtinchi bosqichi
Download 215.5 Kb.
|
jamoa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoa an’analari
Jamoa rivojlanishining toʻrtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida oʻz-oʻzlariga talablar qoʻya olishlari bilan tavsiflanadi. Har bir bosqich jamoa a’zolarining oʻziga nisbatan muayyan talab qoʻyishi bilan tavsiflanadi, ammo qoʻyilgan har bir talab oʻziga xos yoʻnalishi (masalan oʻyindan umuminsoniyat baxti yoʻlida kurashishiga intilish oʻrtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
Toʻrtinchi bosqich jamoa a’zolarining oʻziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qoʻya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va oʻrnini pasaytirmaydi. Toʻrtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qoʻyish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. Bir guruh pedagoglar oʻquvchilar jamoasini uning shakllanish va rivojlanishiga koʻra uch bosqichga ham boʻladilar. YA’ni: a) jamoani dastlabki jipslashtirish; b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish; v) jamoaning umumiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Jamoa hayotida muhim oʻrin tutuvchi har bir bosqichni ajratib koʻrsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning etakchi ahamiyatini ta’kidlaydi. Oʻquvchilar jamoasi oʻzida quyidagi xususiyatlarni namoyish etadi: 1) oʻquvchilarning jamoaviy faoliyatga tayyorliklari, ruhiy tetiklikka egaliklari; 2) jamoa uchun ahamiyatli boʻlgan qadriyatlar mohiyatini anglash, ularni ardoqlash va oʻz qadr-qimmatini baholash; 3) jamoa a’zolari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro birlik, hamjihatlik va yordam koʻrsatish tuygʻusining qaror topganligi; 4) jamoadagi ishchan, jamoa faoliyatini tashkil etishda faollik koʻrsatish; 6) jamoa a’zolarida oʻz hissiy tuygʻularini boshqara olishlari, muomala, muloqot, nutq va yurish-turish qoidalariga amal qilish koʻnikmasining shakllanganligi. Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qoʻyiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab oʻquvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni oʻz ichiga oladi. Puxta oʻylangan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning oʻrnatilishini ta’minlaydi. Oʻqituvchilar tomonidan puxta oʻylab qoʻyilgan talablar quyidagi holatlarda ijobiy natija beradi: 1. Qoʻyilayotgan talablar oʻquvchi shaxsini hurmat qilish tuygʻusi bilan uygʻunlashgan boʻlishi kerak. 2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qoʻyilishi lozim. 3. Jamoaga nisbatan qoʻyilayotgan talablar aniq boʻlishi lozim. 4. Oʻquvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qoʻyilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart. Oʻquvchi qoʻyilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab qoʻyish metodikasini ham oʻzlashtira olgan boʻlishi kerak. Oʻquvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qoʻyish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish, oʻquvchilar faoliyati, qoʻyilayotgan talablarning bajarilishini muntazam nazorat qilib turishdan iborat. Oʻquvchilarni talablar bilan tanishtirish koʻpincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktr oʻrinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan oʻquvchilarni tanishtiradi. Tanishtirish koʻpincha amalda koʻrsatish, guruhlarda guruh majlislari yoki maxsus suhbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi. Xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qoʻshib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. Oʻquvchilar talablarni yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. SHu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi. Talablarning qoʻyilishi jarayonida ularga oʻquvchilarning amal qilishi ustidan nazorat oʻrnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qoʻyilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy boʻlishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan oʻquvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bogʻliq. Har bir oʻqituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishchan jamoa faolini shakllantirish uchun oʻqituvchi oʻquvchilarning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir oʻquvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur. Faollarni tarbiyalashda oʻquvchilarning jamoadagi obroʻsi ham inobatga olinadi. Jamoa faoli tarkibini bolalarning oʻzlari oʻqituvchi ishtiroki va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻqituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. Oʻqituvchi aynan faolga oshirilgan talab qoʻyadi. Oʻquvchilar jamoasida faol rahbarligida oʻz-oʻzini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. SHu bois oʻqituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. Oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarishi bu oʻqituvchilar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda oʻquvchilarning faol ishtirok etishidir. Oʻz-oʻzini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yigʻilishi, konferensiyasi hamda turli komissiyalar (masalan, oʻquv komissiyasi yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muhim oʻrin tutadi. Oʻquvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim oʻrin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qoʻllab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar boʻlib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati va jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. Download 215.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling