Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs


Oʻquvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari


Download 215.5 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2023
Hajmi215.5 Kb.
#1099164
1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoa

Oʻquvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun toʻrt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab oʻqituvchi butun guruhga talab qoʻyadi, bu jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qoʻyadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. Toʻrtinchi bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi oʻz oldiga jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qoʻyish layoqatiga ega boʻladi. Bu jarayon mohiyati qoʻyidagicha:

Jamoaga qoʻyilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy koʻrsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini koʻrsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon boʻladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.


Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat oʻqituvchilar tomonidan qoʻyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangʻich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa boʻlmay, balki “tashkil etuvchi birlik” (guruh) hisoblanadi. Bu bosqichda oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan talablarning qoʻyilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. Oʻquvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo boʻlishi, shuningdek, oʻquvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo boʻlishiga olib keladi. Bolalarning jamoada faoliyat koʻrsatish tajribasiga ega emasliklari bu bosqichda oʻqituvchi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirish maqsadini koʻzlaydi.
Oʻqituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qoʻya olishi, u tomonidan qoʻyilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda oʻqituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligi, bir qarashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum boʻlsada, ayni vaqtda guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun zarur boʻluvchi sharoitning hali mavjud boʻla olmaganligini hisobga olish zarur.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo boʻlishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, oʻqituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda boʻladilar. Faollar oʻqituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.

Download 215.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling