Shaxsning rivojlanishi tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Mamayusupova Zarema


Shaxs, indivud va individuallik tushunchalariga ta`rif


Download 138.83 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi138.83 Kb.
#1034250
1   2   3   4

Shaxs, indivud va individuallik tushunchalariga ta`rif.

  • Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan oinillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak.
  • Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Rivojlanish – shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga egadir.

Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi

  • Rivojlanish - bu bir holatdan boshqa murakkabrog'iga o'tish, eski holatdan yangi sifat bosqichiga o'tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o'tish jarayonidir.
  • Psixikaning rivojlanishi - psixik jarayonlarning miqdor, sifat va tuzilishi bo'yicha qayta o'zgarishlarda namoyon bo'ladigan vaqt bo'yicha qonuniy o'zgarishidir. O'sish - rivojlanish jarayonining miqdor jihati. Rivojlanishning o'sishdan asosiy farqi quyidagicha: o'sish miqdor o 'zgarishlariga, rivojlanish esa yangi tuzilmalar, mexanizmlar, jarayonlar, strukturalarning paydo bo'lishida namoyon bo'ladigan sifat o'zgarishlariga taalluqlidir.

Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi

  • Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo'lgan xususiyatlari ajratib ko'rsatilgan. U lar quyidagilar:
  • - sifat jihatdan o'zgarish va yanada mukammalroq bosqichga ko'tarilish;
  • - rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro'y bergandan so'ng, avval mavjud bo'lgan narsa-hodisalarni to'laligicha ortga qaytarishning iloji yo'qligi);
  • - progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir sohadagi progressiv rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi);
  • - notekis rivojlanish (sifat o'zgarishlarining tezkor o'zgarishi, miqdor o'zgarishi bilan almashadi);
  • - zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bo'lganida, natijalar oldingi holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola
  • emaklashdan tik turib yurishga o'tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi mumkinligi ham kuzatiladi);
  • - rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o'tish (yangilanishlar paydo bo'lganda, avval o'zlashtirilgan ko'nikmalar yo'qolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos sifatida saqlab qolinadi);

Download 138.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling