Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja Individ va shaxs tushunchasi


Download 77.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.11.2023
Hajmi77.77 Kb.
#1747139
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu



Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 
Reja 
1. Individ va shaxs tushunchasi 
2. Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi. 
3. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit vatarbiyaning tutgan o’rni. 
4. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari. 
 
 “Individ” va “Shaxs” tushunchasi 
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga 
xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit 
inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq 
qilmog‘i kerak. 
O‘z mehnati tufayli inson psixikasi takomillashib xayvonlar psixikasidan 
tobora uzoqlashmoqda, va bunga sabab bo‘layotgan omillar bu uning jamiyatda 
bo‘lishligi, odamldar bilan birgalikdagi faoliyati, ular bilan turli munosabatlarga 
kirishishi, uning dunyoqarashini shakllanishidir va shu bilan birga u jamiyatning faol 
a’zosi shaxs bo‘lib shakllanishidir. 
Shaxs tushunchasiga ta’rif berishimizdan avval biz, insonning shaxs bo’lib 
yetishmaganlidan avvalgi jarayonni kuzatib undagi hali to‘liq yoki bo‘lmasa 
mutlaqo hali Shakllanmagan tomonlarini, ya’ni sifat va xususiyatlarini nazarda 
tutishimiz mumkin. Ya’ni hali shakllanmagan shaxs psixologiyada individ nomi 
bilan 
yuritiladi. “Individ” tushunchasida kishining nasl-nasabi ham 
mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilggan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, 
mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning 
vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham 
individ deb hisoblash mumkin. Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda 
ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda 
inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va hatto juda ham umumiy 
tarzdagi ta’rifi fazilatlarining bayon etilishi va izohlanishi taqozo qiladi. Bunday 
fazilatlarsiz u faqat boshqalarga o‘xshamaydigan emas, balki ular kabi harakat 


qilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob ham chekmaydigan, jamiyat a’zosi sifatida, 
tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida ijtimoiy aloqalarga jalb ham etilmagan real 
kishi emas, balki demografik ma’lumotnomalardagi jonsiz birlik holida qoladi xolos. 
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazitlat kashf etadi, Shaxs 
bo‘lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy 
munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi. 
Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarining shu qadar 
chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi. 
Individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan 
hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini 
belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda 
etiladi.
“Individ” va “Shaxs” tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi 
haqidagi fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob 
berilishini taqozo qiladi: Shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi 
yoki aksincha individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud 
bo‘lish fakti ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi 
ham va bunisi ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga 
yetgan individni hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor 
odamlarga duch kelib, biologik jonzotga xos individual xususiyatlardan bo‘lak hech 
qanday, yuqorida aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-tarixiy 
xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi 
balki tevarak-atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat 
jarayoniga “torta olishgan” taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun zarur tabiiy shart-
sharoitlargagina ega bo‘ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini 
o‘rganish bu vazifani amalga oshirishning g‘oyat darajada murakkabligidan dalolat 
beradi. Qarshimizda hali shaxs sifatida kamolatga erishmagan individ bo‘ladi. Real 
individni gavdalantirmaydigan shaxsning paydo bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi 
muayyan istisnolar bilan tan olinishi ham mumkin. Har bir kishining shaxsi uning 
individualligini vujudga keltiradigan hislatlar va fazilatlarning faqat unga xos 


birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik – kishining o‘ziga xosligini, uning 
boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.
Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun 
darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, 
tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda 
namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini 
o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jhatidan 
betakrordir. 
Shaxs – alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o’zida mujassamlashtirgan 
individ. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va 
xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab 
olinishidir. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi: 1) biologik 
(nasl); 2) tabiiy muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy tajriba; 5) odamlar bilan 
munosabat
1
.
Shaxsning 
tuzilishi. 
Birinchi 
navbatda, 
shaxsning 
individualligini 
ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda 
ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki 
shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‘lgan guruhlarda, ana Shu guruh uchun 
yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda 
o‘zini namoyon etishini ham qo‘shish shart. 
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning faoliyatidir. Insonni 
yashashining, ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanishining belgilovchi sharoiti bo‘lib, 
har xil faoliyat turlarining majmui bo‘ladi. Faoliyatni o‘zlashtirish va uning 
murakkablashuvi inson psixikasini rivojlanishining asosiy sharoiti bo‘ladi. Shuning 
uchun tarbiyaviy masalalarni yechish inson faoliyatlarining bir biriga 
buysunuvchanligi qonuniyatlariga, ularning dinamikasiga tayanishi kerak. 
Tarbiyaviy ta’sirlarni tuzishda bola jalb etilgan har xil faoliyat turlarining xarakterini 
va xususiyatlarini, ularning mohiyatini, hajmini va mazmunini inobatga olish kerak. 

Download 77.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling