Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Reja Individ va shaxs tushunchasi


Download 271.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana04.01.2023
Hajmi271.75 Kb.
#1078663
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5249179394173309317

Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs 
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy 
o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson 
taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil 
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u 
yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir 
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy 
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, 
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib 
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), 
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga 


ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagog olimlar, psixolog va 
faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Ijtimoiy muhit – inson ko’rib turgan, uning mavjudligini, shakllanishini 
ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning majmuasi. Ijtimoiy muhit 
keng ma’noda (makro muhit) umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim ishlab chiqarish 
munosabatlari, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat madaniyatini qamrab oladi. Tor 
ma’noda (mikromuhit), umuman ijtimoiy muhitning tarkibiy qismi sifatida bevosita 
insonni o’rab turgan oila, mehnat, o’quv va h.k. Jamoalar va guruhlarni o’z ichiga 
oladi. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir 
ko’rsatadi
3
.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi 
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning 
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson 
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat 
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi 
mumkin. 
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga 
oshiriladi. Ya’ni, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot 
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil 
bo‘ladi; ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs 
kamolga yetadi; uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham 
yo‘qotish mumkin; to‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va 
uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o‘ringa 
ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 
3
Falsafa: qomusiy lug’at (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov). – Т.: Sharq, 2004. – 496 b. (149-b). 


 Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya 
tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish 
imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja 
asosida shaxsga ta’sir yetiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to’g’ri ijobiy 
ta’sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali 
hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib 
shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muhitning salbiy ta’siri 
tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs 
faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun 
asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o’yin, 
mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs 
ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib boradi, turli 
yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida 
o’yin, o’quvchi hayotida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga 
egadir. 
O’quvchi va o’quvchilarning rivojlanishida o’quv jarayonlarining ahamiyati va 
ta’siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o’zlashtirish ularning tafakkurini o’stiradi, ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi. Bu jarayonda ularda 
ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, 
ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat 
insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. 
Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar, o’zlarining 
nimaga qodir ekanliklarini ko’rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali Shaxsning 
axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik 
ortadi. Ular o’z-o’zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O’z-o’zini tarbiyalashga ota-
ona, o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri yanada samarali bo’ladi. Tarbiya bilan 
rivojlanishning o’zaro bir-biriga ta’siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda 
tarbiya jarayoni muammolari to’g’ri hal etilsa, u Shaxs kamolotiga samarali ta’sir 
ko’rsatadi. Kamol topgan Shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan 
qaraydi. 


Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning 
mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya 
haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo’lmog’i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya oldiga 
qo’ygan talablarini, shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani 
shaxs rivojlanishida tarbiyaning yetakchiligini e’tirof etish bilan birga ularning o’zaro 
bir-biriga ta’sirini tan oladi. 
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil 
bo’lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi. Tarbiya 
jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga 
olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-o’quvchilarning har 
birining o’ziga xos hususiyatlari mavjud. 

Download 271.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling