1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja
Download 113.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja: 1. Psixologiyafanining predmeti, vazifalari va tamoyillari 2. Psixologiyaning rivojlanish bosqichlari 3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni 4. Psixologiyaning tarmoqlari. 5. Psixologiyaning metodologiyasi va ilmiy tadqiqot metodlari Tayanch iboralar. Psixologiya fani, psixologiya metodlari, psixologiya predmeti, psixologiya vazifalari, pisixologiya prinsiplari, psixologiya tarmoqlari, Psixologiyafanining predmeti, vazifalari va tamoyillari Inson mavjud ekan, u o‘z hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda idrok qilish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o‘ziga o‘zi hisob beradi. Biz kunda qushlarning sho‘x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini. uchib o‘tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o‘rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko‘ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog‘liq. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga ajratish lozim. Jumladan. shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixoiogiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko‘ra pedagogika shaxsni ta’lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining redmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya so‘zining lug‘aviv ma’nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixoiogiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‘ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: bilish faoliyatlari: diqqat. nutq, faoliyat; bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; Download 113.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling