1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni 
Psixologiya ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib bormoqda. 
Fanlar orasidagi bog‘liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o‘rnini belgilab 
beradi. Bizga ma’lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga 
bo‘linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo‘lgan fanlar mazkur tasniflashga 
kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi. U inson ruhiy 
faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi. Psixologiya barcha 
turdagi fanlar orasida muhim o‘rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, 
san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog‘langan. Bu bog‘liqlik ikkala 
fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va rivojlantirish an’analarini 
belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.


Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy 
qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan 
birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan 
falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash 
joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy 
qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi 
bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni 
shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g‘oyalarini 
yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni 
bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining 
muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo‘lga kiritilgan 
yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo‘llanilishiga, ommalashishiga baholi 
qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib 
chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy 
psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy 
taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, huquqiy-
demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o‘zgarishlarga 
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash bu sohada muntazam tarzda 
ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish, bashorat qilish 
va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini 
birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va 
azaliy bo‘lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha 
ham mavjud bo‘lib kelgan va buni ilg‘or psixologlar va pedagoglar tushuntirib 
berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika 
uchun o‘z ahamiyatiga ko‘ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o‘rinda
turadi, deb ta’kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd 
etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o‘rganmoq darkor. 
Tabiiy fanlar – biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning 
kechish qonuniyatlarini ob’yektiv o‘rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, 
bosh miyaning hamda markaziy asab tizimining psixik faoliyatlarini boshqarishda 
va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy 
fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi. 
Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug‘ma layoqatlari hamda 
orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy 
layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o‘z 
o‘rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi 
fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. SHuning uchun tabiiy 
fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini 
mukammalroq yoritishga o‘z hissasini qo‘shgan.


Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik 
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika fani
tomonidan qo‘lgan kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturlardan
o‘z o‘rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo‘lgan XX-asrda va har bir 
alohida ma’lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan XXI-asrda global 
axboriy jarayonlar va yangi ilg‘or texnologiyalarni modellashtirish borasida 
psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, 
oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so‘zning shaxslararo 
munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida, hamda ana shunday ijtimoiy 
faoliyatli jarayonda shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellardan 
o‘rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshiradi 
va maxsus kompyuter dasturlarining keng qo‘llanilishi, inson miyasi va ruhiy olami 
sirlarini tez va aniq o‘rganishni kafolatlaydi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, 
hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan, murakkab texnikani 
boshqaruvchi inson muammosini yechishda, ikkinchi tomondan psixik holatni 
murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu 
ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning 
yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, texnika taraqqiyotiga bir vaqtda 
murakkab texnika va mashinalar bilan muloqot qilayotgan shaxs faoliyatini yanada 
takomillashtirish va uning imkoniyatlariga mosligi masalasi ham ana shu 
hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan masalalardir. Ayniqsa, mustaqil O‘zbekiston 
uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan 
ravnaqiga xizmatini ta’minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir 
oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va odam-mashina 
dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topish juda muhim. Texnika bilan bemalol 
«tillashadigan» malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fani 
pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina muvaffaqiyatga 
erishadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi XX asrning 
yangiliklaridan bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish 
sharoitida iqtisodiy ong ham iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish 
qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fanga xizmat qiladi.

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling