1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm
Download 113,42 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ong va faoliyat birligi
- Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish
- Psixologiyaning rivojlanish bosqichlari
Tamoyil – ma’lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar
tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko‘ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama- qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq- atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya’ni psixikani ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko‘ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vыgotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o‘z aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta’lim Psixikaning asosiy funksiyalari Aksettirish Hulq va faoliyat nazorati psixikani rivojlantirishga yo‘naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn «Ong faoliyatda paydo bo‘lib, faoliyatda shakllanadi» degan edi. Psixologiyaning rivojlanish bosqichlari «Psixologiya» termini XVI asrning oxirlarida paydo bo‘lib (1590 yili Gokliunis), faqat XVIII asrning oxiri va XX asrning boshlaridagina (X.Volf fanga kiritgan) keng qo‘llaniladigan bo‘ldi. Lekin «Psixologiya» deb atalgan ta’limotning o‘zi bundan ikki yarim ming yil oldin Gretsiyada paydo bo‘lgan. VII– V asrlardagi qadimgi grek filosoflari boshqa dunyoning mohiyatini, uning kelib chiqishini bilishga uringanlar. Shu munosabat bilan ular tabiat haqida, inson haqida, uning olamda tutgan o‘rni haqida, xususan uning ruhi va ruhiy hayoti, uning taqdiri haqida fikr yuritganlar. Darvoqe, o‘sha davrlarda ruh haqidagi ta’limotda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, binobarin, o‘zaro doimo kurashadigan ikki oqim – materialistik va idealistik oqimlar paydo bo‘lgan. Qadimgi grek filosoflarining ta’limotiga ko‘ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson ham dunyonnng bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624–547-yillar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug‘) shaklida tasavvur qilingan. Anaksimen (b.e. a. 588–525y) butun mavjudot zichlashish va siyraklashish qobiliyatiga ega bo‘lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh– bu juda siyraklashgan havodir deydi u. Geraklit-Tyomniy (b.e.a. 544–483 y.) tabiatning asosi o‘t (olov)dir deb- hisoblagan. «Hamma narsa olovdan paydo bo‘ladi va hamma narsa yana olovga aylanadi». Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u. Geraklitning fikricha, ruh– bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o‘zgarib turadigan asosining – olovning o‘tkinchi holatlaridan biridir.Hamma narsaning asosi tuproq,– uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham bo‘lgan. Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483–423 y.) «Tabiat haqida» degan poemannng avtori bo‘lib, u dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to‘rtala stixiyaning hammasi, ya’ni Download 113,42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling