1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Reja


Download 113.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana18.11.2023
Hajmi113.42 Kb.
#1784795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-ma\'ruza

Ilmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, 
ijodiyotda intuitsiya va ilhomni tadqiq qiladi. 
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar. 
a. yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish 
jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi 
bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, 
gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. 
b. patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli 
shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. 
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini 
o‘rganuvchi psixologiya sohalari. 
1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi 
shaxslararo o‘zaro taьsir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni 
o‘rganadi. 
2. Differentsial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik 
yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi – inson ongiga diniy qarashlarning taьsiri masalalarini 
o‘rganadi. 
4. Etnopsixologiya – inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy 
xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning 
qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi. 
5. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki,
unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o‘rganadi. 
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida psixik 
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan 
ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda asosiy rolь o‘ynagan.
Ekstremal psixologiya – insonnning o‘zgargan muhit shart-sharoitlarida 
psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o‘rganadigan psixologiya sohasi. 

Download 113.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling