Insonni ezgulik sari yetaklash haqidagi ta'limotlar muqaddas kitoblarimiz (Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Avesto va shu kabilar)da doimo ulug'lanib kelingan. Har bir ishning o’ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo’lganidek, bola tarbiyasining ham o’ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi, chunonchi: - tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi; - tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O’zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo’lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog’lanish - shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; - tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik; - tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi; - tarbiyada o’quvchilarning yoshi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida - bilim, his - hayajon, estetika, odob - axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o’ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo’yicha faoliyat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’liim to’g’risida»gi Konuni va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uni rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini belgilab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |