Shaxsning rivojlanishi tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


Download 111.1 Kb.
bet5/6
Sana25.02.2023
Hajmi111.1 Kb.
#1227870
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

O'smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o'tgach, o'smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, bu «o'tish davri» deb ataladi. O'tish davri bolalikdan balog'at davriga o'tishni ifodalaydi. O'smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik vapsixologik xususiyatida ro'y berayotgan kuchli o'zgarishlar bilan bog'liq. O'smirlik yoshidajismoniyjihatdan sekin o'sish davri tugaydi. Jis-moniy o'sish tezlashadi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo'pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu xususiyati ko'proq bahs-munozara jarayonida ko'zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo'lmasada, uni ma'qullashga urinadi.

13-14 yoshlarda o’smirlarda burch hissi, mas'uliyat tuyg’usi o’sadi, birmuncha vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Bu davrda o'smirda maqsadga intilish, o'zi uchun ideal tanlash boshlanadi. O’smirlarda axloqiy e'tiqod shakllanib, o’ziga xos qarashlar tarkib topa boradi.

Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o’quvchilarni to'g'ri tarbiyalashning garovidir.

O’spirinlik davri. O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi. Shu boisdan, o’smirlardan farqli ravishda o’spirinlar faoliyatida romantik his-tuyg’ulardan ko'ra ko'proq realizm muhim o’rin tutadi. O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo'l, oyoq, ko'krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o’spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo'qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Ularning o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish organ-lari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yoiida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

O'spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do'stlik-o'rtoqlik tuyg'ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi. Ba'zi o'spirinlarning do'stligi zamirida haqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli, ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib top-tirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o'rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida, ular orasida oila va nikohning ma'naviy asoslari borasidagi targ'ib ishini kuc-haytirish, bu borada o'ta ehtiyotkorona yondashuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Aslida bola tarbiyasi ona qornidaligi paytidayoq boshlanmog'i lozim. Shu sababli ham jismonan baquvvat, ma'nan yetuk insonlar doimo ulug'lanib kelingan va hattoki, jismonan baquvvat insonlarga polvon hamda jismonan, ma'naviy yetuk insonlarga pahlavon deb nom berilgan.


Download 111.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling