Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


Maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo’lgan davr


Download 29.74 Kb.
bet5/8
Sana18.10.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1707334
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo’lgan davrda bolaning harakatchanligi, idroki va nutqi zo’r berib taraqqiy qiladi. Unda tafakkur yuzaga keladi. Uning tafakkuri dastlab “predmetli (obrazli) tafakkur” sanaladi, unga ko’ra bola o’zi idrok qilgan narsalar, shuningdek, atrofdagi narsalar haqida fikrlay oladi. Mazkur yosh davridagi tafakkur bolaning predmetlarga bo’lgan munosabatida ifodalanadi. Uning nuqti tafakkuri bilan uzluksiz holda o’sadi. Uch yoshda kundalik turmushda ishlatiladigan so’zlarni, nutqning oddiy grammatik shakllarini o’zlashtirib oladi.
Mazkur davrda sezgilar, atrofdagilarga munosabatni ifodalovchi tuyg’ular ko’zga tashlana boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning hissiyotga berilauvchanligiuning faolligida, katchanligida ko’rinadi. Bu yoshda bola o’ynay boshlaydi, uning o’yinlari asosan katta yoshdagi kishilar hamda o’zidan katta bolalarning harakatlariga taqlid qilishdan iborat bo’ladi. Uni o’yinning mazmunidan ko’ra o’ynalayotgan narsalar (qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar) ko’proq zavqlantiradi.
Maktabgacha ta’lim davrida bola bog’cha va oila muhitida o’ziga yarasha ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eta boshlaydi. Kattalar va tengdoshlari bilan ko’proq so’zlashayotganligi sababli bolaning nutqi va tafakkuri o’sadi. O’zi ko’rgan, eshitgan voqea-hodisalar to’g’risida ancha batafsil hikoya qiladi.
Atrofdagilar bilan muloqot va munosabatda kirishayotganligi bolada xulq-atvor shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Buning natijada unda ma’naviy-axloqiy hukmlar tarkib topadi. Bola endilikda atrofdagilarning xatti-harakatlari, boshqalarga nisbatan yondashuvlari asosida “yaxshi” va “yomon”ni farqlaydi. Bu yoshda bolalar “sen yaxshisan (yomonsan)” degan so’zlarning ma’nosini yaxshi anglaydilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola faoliyatining asosiy turi o’yin sanaladi. U o’yin orqali
Mazkur yosh davrida bola o’z kuchi va egallagan ko’nikmalariga tayangan holda rasm chizadi, turli narsalarning loyiha (konstruktsiya)larini, shuningdek, turli materiallardan, loydan, plastilindan buyumlar yasaydi. Olti-etti yoshga to’lganda bolada o’qishga bo’lgan qiziqish, intilish yuzaga keladi. Maktab hayoti uning uchun qiziqarli, maroqli tuyuladi, o’qishga boradigan birinchi kunni intiqlik bilan kutadi.

Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo’ladi. Ta’limning dastlabki vaqtida qat’iy talablarning qo’yilishi tufayli endilikda u darsda o’qituvchini tinglay olishi, ko’rsatilayotgan narsalarni diqqat bilan qarashi, tengdoshlari so’zlayotganda e’tibor berishi, yozuv taxtasi yoki kitobdan ko’chirib olinayotgan matnga diqqatni qaratishi lozim. SHu asosida o’quvchida ixtiyoriy va barqaror diqqat o’sadi, kuzatuvchanlik qobiliyati rivojlanadi.


Boshlang’ich sinfda o’quvchi xotirasida ham o’zgarishlar ro’y beradi. O’quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta’lim jarayonida o’quv materialining ko’p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. SHu bilan birga o’z-o’zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o’quvchi xotirasi takomillashadi.
Bu yoshda o’quvchilarning ko’pchiligi o’quv materialini yodlab olishga intiladilar. Buning sababli birinchi va ikkinchi sinflarda o’quvchilarning “o’z so’zlari” kam bo’ladi, grammatik nutq hali takomillashmagan bo’ladi, shu sababli materialni yodlab olishga intiladilar.
Bilimlarni muntazam o’zlashtirish, yozma nutqni bir qadar bilib olish va ta’lim jarayonining o’zi o’quvchilar tafakkurini yanada o’stiradi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo’ladi. Ular o’zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar.
Ta’lim jarayonida birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarda mantiqiy tafakkurning dastlabki ko’rinishlari shakllana boshlaydi. Ona tili va matematika fanlarini o’rganish ushbu tafakkur shaklini rivojlanishiga yordam beradi. Uchinchi va to’rtinchi sinflarda o’quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham o’zlashtirib oladilar. Masalan, orol, yarim orol, dengiz, ko’l, daryo, yomg’ir, chaqmoq, tog’, tekislik kabi geografik, qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish kabi matematik, ot, sifat, fe’l kabi grammatik, davlat, davlat ramzlari, bayroq, gimn, gerb kabi ijtimoiy-huquqiy, sotish, sotib olish, miqdor, mahsulot kabi iqtisodiy tushunchalarni egallaydilar. SHunday bo’lsa-da, mazkur davrda o’quvchilar aniq misollarni, ya’ni idrok qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalarni ko’rmasdan turib qandaydir ta’rif va ifodalarni o’zlashtira olmaydilar, ularning ma’nosini tushunmaydilar. SHu sababli, boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavhum xarakterdagi biror qoidani tushuntirganda aniq hayotiy misollar yordamida bayon qilish maqsadga muvofiqdir.
SHu bilan birga mazkur davrda o’quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o’quvchi faoliyatiga qo’yilgan yuqori baho o’quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlikni, iftixor kabi ijobiy hissiy kechinmalarni tug’diradi. Ularda darslarni yaxshi o’zlashtirishga intilish yuzaga keladi. Yomon baho olganda esa o’zidan norozi bo’lish, pushaymon qilish kabi salbiy kechinmalar sodir bo’ladi. Ayrim o’quvchilar yomon bahoni tuzatishni. Yaxshi o’qishni istaydilar, ammo ayrimlar yomon baho tufayli o’ziga ishonmay qoladi, umidsizlik va tushkunlikka tushadi. Bu esa o’qituvchidan xushyorlikni talab qiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismonan nisbatan tekis o’sadilar, o’g’il va qiz bolalar tashqi ko’rinishidan bir-birlaridan kam farq qiladilar.
Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr, tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi.Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.

Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling