Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Download 29.74 Kb.
|
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaxsning ijtimoyilashuvi . SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
O’spirinlik (15-18 yoshlar). Bu davr o’spirinlar kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning o’quvchilari sanaladilar. Mazkur davr o’spirinlarning ilk balog’atga yetgan davridir. Bu davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirinlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
Bu yosh davri aqliy faoliyatning rivojlanish davri ham sanaladi. O’quvchilar o’z fikrlarini mustaqil ifodalab, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. O’quvchilar o’zlarini kattalardek tutishga, o’ziga xosligini namoyon etishga va boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga kattalarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari muhim sanaladi. Bu davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. SHaxsning jamoadagi mavqei, jamoa a’zolari bilan muloqotga kirishishlari, turli sohalar bo’yicha munosabatni samarali tashkil etishlari yetuk shaxs bo’lib shakllanishlarida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bunda ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’siri beqiyos. Zero, o’spirinlar mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan bo’lib, bu jarayonning to’g’ri, samarali kechishi ularning faol fuqaro bo’lib shakllanishlari uchun poydevor yaratadi. SHaxsning ijtimoyilashuvi. SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Binobarin, ta’lim jarayonida o’quvchilarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi ijtimoiy munosabatlarga kirishadi, jamiyat a’zolari bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Download 29.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling