Shaxsning xissiy va irodaviy sohasi


Download 4.39 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi4.39 Kb.
#1525337
Bog'liq
Shaxsning xissiy va irodaviy sohasi


Shaxsning xissiy va irodaviy sohasi
Kishi idrok etish, xotirlash, hayol surish va tushuncha fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo'lmasin munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu barzda his- tuyg'u paydo bo'ladi.
His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biron- bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi.
Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatini rag'batlantiradi, bilish extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga ega bo'ladi.
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi.
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga (uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi
Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi
Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga olib keladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 4.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling