Shayboniylar davrida


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 0.68 Mb.
bet2/8
Sana29.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1400125
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
курс иши

Kurs ishining maqsad va vazifalari. O’zbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. O’quvchilarga o’zbekiston tarixi fanini o’qitishda shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi. Tariximizda Somoniylar, G’aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang’itlar kabi sulolalar hukmronlik qilganini bilamiz. Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o’rganmog’imiz, o’sha davrda hukmronlik qilgan hukmdorlar madaniyat sohasida qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog’imiz, ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog’imiz kerak. Bizga ma’lumki, bir qator tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan, B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To’rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning “Boburnoma”, Abdulg’ozixonning “Shajarai turk”, M. Solihning “Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning me’morchilik san’atini yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi.
Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning xronologik doirasi XIV – XVI asrlarni o’z ichiga oladi. Mazkur davrda shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda me’morchilik san’ati yoritib beriladi. Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kurs ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va ob'ektivlik printsiplari asosida tahlil qilindi. Shuningdek, tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uyg'unligi kabi tamoyillarga amal qilindi. Tarixiy va arxeologik manbalardan foydalanish va ularni taqqoslash usuli qo'llaniladi.
Kurs ishining strukturasi. Kurs ishi ikki bob, to'rt paragrif, mavzuga oid rasmlar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 2


I bob. Shayboniylar sulolasining hukmronligi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling