O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
KURS ISHI
Мавзу: Shayboniylar davrida
Me’morchilik san’ati
Tayyorladi: Masharipova D.
Qabul qildi: Qo’yliyev R.
Toshkent -2022
Mavzu : SHAYBONIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK SAN’ATI
Mundarija:
KIRISH
I bob. Shayboniylar sulolasining hukmronligi.
1.1 Shayboniylar davrida ilm - fan va ta’limning rivojlanishi.
1.2 Shayboniylar davrida tarix ilmining rivojlanishi.
II bob.Shayboniylar davrida me’morchilik san’ati.
2.1 . Shayboniylar davrida me’morchlik – qurilish san’atining yuksak pog’onasi.
2.2. Shayboniylar tomonidan bunyod etilgan me’moriy obidalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida ko’rsatib o’tilgan. Shuni nazarda tutgan holda kurs ishimning mavzusi ham qiziqarli hisoblanadi. Birinchidan O’zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning ongiga to’g’ri yo’l topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yo’nalishlaridan biri XIV–XVI asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati tarixi haqida yoritiladi.
Mavzuning o’rganilish darajasi. XIV – XVI asrlarda hukm surgan Shayboniylar davrida ilm – fan, madaniyat, adabiyot va san’at, me’morchilikning ravnaq topishi, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo’lib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O‟zbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni o’rganish va targ’ib etish, ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o’quvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta e‟tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |