She riy vaznlar


Download 98 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi98 Kb.
#1339638
1   2   3
Bog'liq
She’riy vaznlar

Barmoq sistemasi


Vazn so’zining lug’aviy ma’nosi og’irlik, o’lchov, tarozi demakdir.
Vazn turli she’riy sistemada turli yo’llari bilan hosil qilinadi. Jumladan, o’zbek poeziyasidagi barmoq sistemasida vazn hijo va turoqlarning soniga, aruz sistemasida esa bo’g’inlarning qisqa va cho’ziqligiga qarab hosil qilinadi.
O’zbek poeziyasida vaznning dastlabki birligi ijodir. Qolgan barcha birliklari, ya’ni turoq, rukn va misralarana shu asosiy birlik zaminida shakllanadi.
Barmoq sistemasidagi she’rning vaznini aniqlashdan oldin har bir misradagi ijo va turoqlarning soni aniqlanadi.
Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” poemasi barmoq sistemasining to’qqiz hijoli (4+5) vaznida yozilgan. U ikki turoqli:

4

5

S
4



5
o’ylab beray / Zaynab va Omon – 9

S
4

5
evgisidan / Yangi bir doston - 9

B
4
ir zo’r otash. / bir zo’r alanga - 9


I
5

4

5
kki qalbga / tutashgani rost, - 9
B
4

5
ir sevgikim / jon berur tanga, - 9
Ham Zaynabu / Omonlarga xos. – 9
Umuman, barmoq sistemasiga oid vaznini aniqlashda bo’ginlar hamda turoqlarning soni asos qilib olinadi. Shunda barmoq sistemasining o’ziga xos xususiyati aniq namoyon bo’ladi. Turoqlanishi turlicha, misralardagi hijolar soni esa bir xil bo’lgan she’rlar guruhi turkum deyiladi.
Sheʼrshunoslik - sheʼr tuzilishi, sheʼriy asarning gʻoyasi, badiiyati va shaklini oʻrganuvchi fan sohasi, adabiyotshunoslikning bir boʻlimi. Sh.ilmiy jihatdan asosan 3 narsani: sheʼr sanʼati, sheʼr vazni va sheʼr qofiyasini oʻrganadi. Sheʼrning mazmun jihatlarini (maʼlum qadar, gʻoyaviy xususiyatlarini ham) oʻrganish esa adabiy tanqidning vazifasiga kiradi. Sh. fonika (qofiya va tovush usullari), megrika (vazn) va strofika (band va qofiyalar tuzilishi) kabi qismlardan iborat. Sh. sheʼr tuzilishining taraqqiyotini, uning milliy til hamda boshqa xalqlarning sheʼr tuzilishlari bilan aloqasini tekshiradi.
SH. qadimdan fan sifatida shakllangan. Yunonistonda mil. av. 4—3-asrlarda yuzaga keddi va uzoq davrlargacha sheʼr yozish qoidalarini oʻrganuvchi normativ va formalistik tarzdagi fan boʻlib qoldi. Hindistonda Sh. 5-asrda paydo boʻldi. U sanskrit tilida yaratilgan, 2-ming yillikning oxiri —1-ming yillik avvaliga mansub veda adabiyotiga sharhlar yozish tarzida yuzaga keldi.
Oʻzbek Sh. tarixi, asosan, 2 yirik davrga boʻlinadi: 1) 20-asrning boshlarigacha boʻlgan davr. Mazkur davr islomning Oʻrta Osiyoga kirib kelishidan boshlab juda katta muddatni oʻz ichiga qamrab olgan. Bu davr Sh.iga doir manbalar Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari hamda Oʻrta Osiyo, jumladan, oʻzbek mutafakkir olimlarining nazm va aruz haqidagi arab, fors va turkiy (oʻzbek) tillarida yozgan risolalari, kitoblari va tazkiralaridan iboratdir. Tarixiy poetikaning ulkan bilimdonlari Abu Ali ibn Sino, Xalil ibn Ahmad, Shamsiddin Muhammad ibn Qays Roziy, Mahmud azZamaxshariy, Rashididdin Vatvot, Aruziy Samarqandiy, Yusuf Sakkokiy, Saʼdiddin Taftazoniy, Shayx Ahmad Taroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Avfiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoulloh Mahmud Husayniy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari allomalarning nazm ilmi borasidagi risolayu kitoblari Sharq xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi sheʼriyati va uning nazariyasini ylmiy oʻrganish qadimdan rivoj topganligini koʻrsatadi.
9—13-asrlar davomida Forobiy, Ibn Sino, Zamaxshariy kabi mutafakkirlar oʻz risolalarida va poetikaga oid asarlarida sheʼriyatni tadqiq etishning oʻziga xos yoʻllarini koʻrsatib oʻtishgan. Mas, Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy turkiy tildagi "Funun ulbalogʻa" kitobida oʻz davri sheʼriyati, vazn, qofiya va sanʼatlar haqida muhim ilmiy maʼlumotlarni keltirgan. Alisher Navoiyning "Risolai mufradot", "Mezon ulavzon", "Majolis unnafois", Boburning "Muxtasar" asarlari ham Sharq sheʼriyatining turli muammolariga bagʻishlangan asarlar sirasiga mansub. Oʻtmishda Sharq, jumladan, oʻzbeq Sh.ida sheʼriyatni turli sohalariga koʻra oʻrganish maʼqul koʻrilgan: "ilmi aruz", "ilmi qofiya", "ilmi badiʼ", "ilmi muammo" kabi;2) 20-asrning 20—30-yillaridan to shu qungacha boʻlgan davr. Bu davrga kelib adabiyot darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarida oʻzbek sheʼriyatini oʻrganish, vazn va qofiyaga oid mulohazalar paydo boʻldi. 30—40-yillarda Fitratning "Aruz haqida", "Adabiyot qoidalari" risolalari bilan bir qatorda A.Saʼdiy, Oybek, Gʻafur Gʻulom, I.Sultonning darslik va ilmiy risolalari dunyo yuzini koʻrgan boʻlsa, oʻtgan asrning 60—90-yillarida Sh. borasida koʻplab tadqiqotlar paydo boʻldi. M.Shayxzoda, A.Hayitmetov, A.Abdugʻafurov, Sh. Shomuhamedov, S. Mamajonov, O.Sharafiddinov, A.Rustamov, U.Toʻychiyev, A.Hojiahmedov, N.Shukurov, R.Orzibekov, U.Normatov, O.Nosirov, N.Karimov, T.Boboyev, Yo.Ishoqov, J.Kamol, B.Akramov, B.Sarimsoqov, I.Haqqulov va boshqalar olimlarning tadqiqotlarida oʻzbek Sh.ining turli masalalari yoritildi.
Oʻtgan asrning 90-yillar sheʼriyati, sheʼriyatdagi yangicha dunyoqarash va uning oʻziga xos koʻrinishda aks etishi, qahramon va uning ruhiyati, shoir va uning shuuriy darajasi muammolari ilmiy ishlar mavzulariga aylandi. Oʻzbek Sh.i qadim ildizlardan oziqlangan holda jahon adabiyotshunosligining eng ilgʻor jihatlaridan bahramand boʻlgan oʻzbek fanini qoʻplab yangi tadqiqotlar bilan boyitib bormoqda.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling