She`r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir”1 va ayni paytda, musiqiyligi, yoqimligi, mo`ljalga uradigan jozibasi


Download 45.2 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi45.2 Kb.
#1005226
1   2   3   4   5
Bog'liq
RITM

Boqqay desa dog`i quvvati yo`q
Boqmay desa dog`i toqati yo`q.
(A.Navoiy)
Ikki qofiyali baytlardagi qofiyalardan biri tajnis bo`lsa tajnisli zulqarnayn deb yuritiladi.
Mashaqqatdin yigitni el qari der,
Ki, qozilmish ikki- uch yuz qari yer.
(A.Navoiy)
Birinchi “qari”- “keksa”, ikkinchi “qari” - “75 santim”ni bildiradi.Shaklan bir xil, ma`nosi har xil bo`lgani uchun tajnisdir.
Musallas qofiyada uch va undan ortiq so`zlar bir - birlariga ohangdosh bo`ladi va har bir so`z mazmunni ta`kidlashga, ta`sirdorlikka xizmat qiladi:
Ruxsorida lam`ai malohat
Guftorida nash`ai fasohat.
(A. Navoiy)
Murabba` qofiyada to`rtta so`zning qofiyadoshligiga erishiladi:
Sendek manga bir yori jafokor topilmas,
Mendek sanga bir zori vafodor topilmas.
(M. Bobur)
Xullas, aytilgan bu fikrlar bilan qofiya muammosi hal bo`lmaydi. XX asrda keng tarqalgan erkin she`rda qofiyalash tartibi ham erkinlikni qo`lga kiritdi: bayt va bandlarda ba`zan bir necha misralar qofiyalansa, ba`zan ular qofiyalanmaydi.
Xalq dostonlarida ko`plab uchraydigan saj`lar yozma adabiyotga ham kirib keldi. Nasriy asarlarning tilini serbo`yoq, ta`sirdor qilish bilan qahramon xarakterini chuqurroq ochishga xizmat qila boshladi:
“Obi ravon, bog`i jahon, shoh supaga zebi jahon, mo`rcha miyon, pista dahon, nozik ado, pari jahon, ya`ni ismi shariflari Jamilaxon. Kim ekanlar desam, G`ofir kazzobning xotinlariyu Muso qallobning qizlari ekan...
(H.H. Niyoziy)
BAND. She`riyatda bo`g`inlar guruhlanib turoqni, turoqlar guruhlanib vaznni tashkil etadilar. Bunday guruhlanishdagi izchillik va takroriylik musiqiylikni yuzaga keltiradi. Bu qonuniyat misralarning ham guruhlanib kelishini, uning izchil va takroriyligini talab qiladi. Bu talabning ijrosi band deb yuritiladi.
Lirik asarga xos bo`lgan mazmun ham, syujet va kompozisiya ham bandni zaruratga aylantiradi, chunki, muayyan asardagi mavzuning asosiy g`oyasi, g`oyaviy mazmunning qirralari, bir oniy kechinmaning xulosasini kengaytirib, yoyib, asoslab, ochib beruvchilik vazifasini band o`taydi. Ayni choqda, band bandlararo “sochilgan” fikr va kechinmalarni yaxlitlashtiradi; ularning ifodasidagi o`zigagina xos birlikni yuzaga keltiradi, birgina so`z bilan ifodalasak, band insoniylashadi, obrazli vositaga aylanadi.

Men dunyoga kelgan kundanoq a


Vatanim deb seni uyg`ondim. b
Odam baxti birgina senda v
Bo`luriga mukammal qondim. b

Qulog`imga noming kirganda a


Qumlik kabi tashna boqurman. b
Sening jannat vodiylaringdan v
Nahrlarday to`lib oqurman. b

Bilsinlarim: yo`ldoshim bo`lmas a


Ko`zda yoshi bilan kulganlar, b
O`zlari bor, tillari hayot v
Lekin yurak - bag`ri o`lganlar. b

Har aytganing buyuk jangnoma a


Qayga desang qaytmay keturman. b
Ko`zlarimni yummasman aslo v
Daryo kabi uyg`oq o`turman. b

Hamid Olimjonning “O`lka” she`ri to`rt band (abvb, abvb, abvb, abvb)dan iborat. Unda Vatanga – baxtistonga farzandning kuchli muhabbati akslangan. Birinchi bandda lirik qahramonning dunyoga kelganidanoq Vatan deb uyg`ongani, inson baxti faqat undagina bo`lishiga mukammal qongani (xabari berilsa) ifodalansa, ikkinchi bandda ana shu Vatan uchun tashnalik, jannatmakon vodiylarni daryodek to`lib yashnatishga baxshidalik akslanadi. Bu tuyg`u keyingi bandda yanada kengayadi: Vatanni yashnatish, sevish, ardoqlash, ulug`lash yo`lida “yurak-bag`ri o`lganlar”ning yo`ldosh bo`la olmasligi asoslanadi. Oxirgi bandda Vatan chaqirig`iga qahramonning doimo tayyorligi, Vatan uchun “daryo” kabi uyg`oqlikligi (kechinma xulosasi) ifodalanadi.


Ko`rinadiki, har bir band mazmun va ohang (o`qilishi va eshitilishi) jihatidan alohidalikni saqlaydi (go`yo alohida irmoq deng), ayni chog`da, bandlar birlashib (irmoqlar birlashgani kabi) bitta oniy (daryo kabi toshqin) kechinmani – Vatanga muhabbatni bir butun va go`zal qilib, hamidona tarzda jonlantiradi (badiiylashtiradi).
“Demak, she`r musiqiyligini tashkil etishda qatnashuvchi, muayyan qofiya tartibiga rioya qilingan, bir me`yorda va qonunan qaytalanuvchi, ritm va vazn jihatidan o`zaro aloqador, mazmun va intonasiya jihatidan tugal bo`lgan misralar uyushmasiga band deyiladi”.1
Mumtoz adabiyot nazariyasida ikki misrali banddan o`n misrali bandlargacha bo`lishi mumkinligi qayd qilingan. Ularning har biri muayyan nom bilan ataladi. Har bandi ikki misradan – olti misragacha bo`lganlar – sodda band va yetti misradan - o`n misragachalar – murakkab band deb nomlanadi:
Ikki misrali band – masnaviy, uch misrali band – musallas, to`rt misrali band – murabba, besh misrali band – muxammas, olti misrali band – musaddas, yetti misrali band – musabba`, sakkiz misrali band – musamman, sakkiz misrali band – mutassa`(tasne`), o`n misrali band – muashshar (mashru`) dir.
Bundan tashqari har bir bandi o`n olti misradan iborat bo`lgan – tarkibband, o`n olti misradan yigirma to`rt misragacha (har bandning oxirida birinchi bandning oxirgi misrasi takrorlanishi shart) bo`lgan tarji`band janrlari ham borligini nazarga olsak, bandlar (strofika) haqidagi ilmning keng va bepoyonligini ko`ramiz. Bu ilm I. Sultonning “Adabiyot nazariyasi”da, Ummat To`ychiyevning “O`zbek sovet poeziyasida barmoq sistemasi” monografiyasida ancha chuqur o`rganilganligi va “Adabiyotshunoslikka kirish” kursida tahlil qilinishi sababli, takrordan qochamiz va fikr mulohazalarimizni kam uchraydigan musallas (sodda band) va musabba` (murakkab band) misolida bayon qilamiz.
Uchlik (musallas). She`riyatimizga XX asrda kirib kelganiga qaramay, bugun u katta e`tibor qozonmoqda. U mustaqil janrga aylanmoqda – uchlikka asoslangan noyob asarlar dunyoga kelmoqda:
1. Men ko`zlaringga qarayman, a
Sen o`zgalarga b
Kimning ko`zlaridan izlaysan meni ? v


2.Yer o`z o`qidan ayrilar, inon a
Inon, osmonidan ayrilar quyosh, b
Agar biz ayrilsak. v
(R. Parfi)

Rauf Parfi qalamiga mansub bu asarlarni tahlil qilishdan ko`ra, uni takror o`qib, bir olamni o`zida jo qilgan “jajji”, ammo barcha olamga tatiydigan asar degan ishonchli xulosani chiqargan ma`quldir. Ha, aynan shu musallasdagina bu o`tli muhabbatning (izlash, ayrilish) tuyg`ulari busbutun, tugal, fikriy mushohadaga undaydigan, zavqqa ko`madigan tarzda gavdalanishi mumkin edi va uni shoir mahorat bilan voqye qilgandir. Ana shunga o`xshash asarlarga duch kelganda, Abdulla Qahhor : “Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g`o`ra ichiga qamab bera biladi”, - deb yozgan bo`lishi ajabmas.


Yettilik (musabba`) bandida yozilgan she`rlardan biri – Abdulla Oripovning hazil yo`lida yozilgan “Turmush tashvishlari” asaridir:

Turmush tashvishlari a


Turmush tashvishlari a
Biz sendan balandroq tura olsaydik, b
Biz senday balandroq yura olsaydik, b
Balki o`ng`ayardi dunyo ishlari a
Turmush tashvishlari, a
Turmush tashvishlari. a

Xotin ish buyurar, a


Bola yig`laydi, b
Bog`cha deb qaygadir yugurmoq darkor. v
Balki bu tashvishlar bo`lmasa edi, b
Shoir bo`larmidim ancha ulug`vor v
Turmush tashvishlari, g
Turmush tashvishlari. g

Qassob og`aynim bor a


Qaroqchi – “pirat” b
Suyakni qo`shmasa ko`ngli to`lmaydi v
Axir, qofiyani yeb bo`lmas, “brat” b
Nahot sen bo`lmasang turmush bo`lmaydi, v
Turmush tashvishlari, g
Turmush tashvishlari. g
Ulug` rejalar bor menda ham axir a
Xususan, bir ishni bitkazmoq darkor. b
Unda qahramonim yovqur fazogir a
...............................................
Koshkiydi, sen shuni bilsang nobakor b
Turmush tashvishlari, v
Turmush tashvishlari. v

Shirindir shu hayot, a


Xoli firoqdan. b
Mayli bitmasin hyech uning ishlari. v
Havolanib ketsak goh g
Tortsin oyoqdan, b
Turmush tashvishlari, v
Turmush tashvishlari. v
Ushbu asar besh banddan (to`rtinchi bandi bir misra kam) iborat bo`lib, qofiyalanishi turlichadir. “Turmush tashvishlari” asar boshida ikki bora ta`kidlanadi va unga diqqat jamlangach, tashvishlarning qirralari kashf etila boshlaydi. Qahramon ruhidagi hazilkashlik – hayotning mazmunini ocha boradi, tashvishning ham ovora qiluvchi, ham yuksaklikka yetaklovchi falsafasi yaqqol gavdalanadi. Har band oxirida ikki bora takrorlanuvchi “Turmush tashvishlari” jumlasi bandlararo mazmun va kayfiyatni birlashtirishga, monolitlashtirishga xizmat qiladi, diqqatni bir nuqtaga jamlaydi, go`yo hamma narsani tashvishlar oqlayotgandek yengil ruh – hazin ruh qalbni egallaydi...



Download 45.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling