Sherboboyev asilbek


Ommaviy madaniyatni yoyilishida Ommaviy Axborot Vositalarining oʻrni.........................11-15


Download 108 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi108 Kb.
#1537026
1   2   3   4
Bog'liq
adliya

2.2. Ommaviy madaniyatni yoyilishida Ommaviy Axborot Vositalarining oʻrni.........................11-15
Хulosa…................................................................................................15
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati......................................................16
Axborot manbalari...............................18




Ommaviy madaniyat” – jamiyat kriminallashuvi omili.


Kirish
I.Bob. Ommaviy madaniyatning jamiyatdagi salbiy koʻrinishlari.
Mustaqil ish mavzusing dolzarbligi.“Ommaviy madaniyat” iborasining keng tarqala boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to’g’ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo’nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o’zgarishi, hayot taqazosi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikasiya (radio, kino, televideniye, ko’p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo’ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi“Ommaviy madaniyat” iborasining keng tarqala boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to’g’ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo’nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o’zgarishi, hayot taqazosi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikasiya (radio, kino, televideniye, ko’p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo’ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasio’sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi. Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli deb, XIX asrning 30-yillarida adabiyotda paydo bo’lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko’rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o’tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “qalb industriyasi” deb nom berdilar.
Ommaviy madaniyatning tarixi, rivojlanishi, kirib kelish sabablari.Asr oxirida Amerika qo’shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo’la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo’ljallangan bo’lsa, bora-bora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog’i, “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan tarqala boshladi.
Amerikalik atoqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy: “Agar dunyoga huquqni
- Rim, parlamentni - Angliya, madaniyatni - Fransiya bergan bo’lsa, AQSh - fan va texnologik revolyusiyasi bilan ommaviy madaniyatni berdi” - degan edi. An’anaviy madaniyatda bo’lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap shundaki, “Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o’ziga yakdil uchta tushunchani qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” – mahsulotni tarqatish me’yori. Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik. Ommaviy madaniyat hozir insoniyat hayotining barcha jabhalariga tez kirib bormoqda;
"Yoshlar submadaniyati” industriyasi;
-Ommaviy ijtimoiy mifologiya; odamga murakkab qadriyatlar yo’nalishi tizimini joylashtirish; dunyoni ko’p qirrali tushunishini oddiylashtirish;
– Ommaviy dam olishning tashkiliy turlarini, turli shoularni, qiziqish va dam olishni sanoat asosiga ko’chirish;
-Sog’lomlashtirishga qaratilgan dam olish industriyasi;
-Ehtiyojni qondirishni boshqarish va individual, shuningdek, jamoa foydalanadigan xizmatlar, takliflarni rag’batlantirish tizimini tashkil etish (reklama, imidjmeykerlik va xokazo).
- Har xil o’yinlar, mexanik o’yinlardan tortib, elektron, kompyuter va boshqa vositalardan foydalanish.
Shunday qilib ommaviy madaniyat – bir o’lchamli hodisa emas. U o’ziga xos tur va darajaga egadir. Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, “ommaviy madaniyat”ning uchta asosiy darajasini ko’rsatadilar;


1. Kitch – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)


2. Mid – madaniyat (“o’rtamiyona” madaniyat);


3. Art – madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat). “Kitch” nemischa “kitschen” olmoshidan hosil bo’lgan va saviyasi past, arzon va jo’n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san’at durdonalari soyasida paydo bo’ladigan bo’sh, tez unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir. Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g’oya va syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o’ralashib qolgan qatlamga mo’ljallangan madaniyat asarlarini yaratish.
Mid - madaniyatining qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an’anaviy madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, “ommaviy madaniyat”ga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo’ljallangan “ommaviy madaniyat”dir. Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an’anaviy madaniyat standartlariga yaqinlashtirishdan iborat. U rivojlanmoqda va o’zi tarqalish uchun qulay makonni shakllantirmoqda. Kommunistik mafkura hukmronligi davrida o’ziga xos komunistikmadaniyat – komunistik Sobiq Ittifoq mintaqasida, mafkuraviy temir devor madaniyatga joy qoldirmas edi. Temir devor yiqilgach, Ommaviy madaniyat sovet respublikalariga seldek bostirib kira boshladi, shu jumladan o’zbekistonga ham. Shuning uchun ommaviy madaniyatning namoyon bo’lish holatlarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish muhim zaruriyatga aylandi. Faylasuf A.Ya.Fliyer taklifiga binoan “ommaviy madaniyat” yo’nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin: Islom Karimov 2007 yil 30 avgust kuni Oqsaroyda Senat, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasining qo’shma majlisida so’zga chiqib, bugungi kunda yoshlarimiz qalbi va ongiga tahdid solayotgan ommaviy madaniyat tahdidi mohiyatini ochib berib: “Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz kechilgandan so’ng, jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va ahloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo’lishi kerak” - dedi.
Ushbu ogohlikka da’vat yoshlarni, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda yangi, amaliy vazifalarni belgilab berdi.
Zero shu paytgacha bizga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar qatorida “ommaviy madaniyat” tahdidi bu darajada qayd qilinmagan va ma’naviy-axloqiy tarbiya rejalarida maxsus qayd qilinmagan edi. Ushbu tahdidning pedagogik nuqtai-nazardan o’rganilmaganligi, to’g’ridan to’g’ri talaba yoshlarning g’oyaviy-estetik dunyoqarashiga qaratilganligi sababli biz ommaviy madaniyatning mohiyati, uning yoshlar madaniyati va ma’naviyatiga ta’sirini pedagogik talqin qilishni alohida masala sifatida belgilab oldik. Bu borada xorijlik jamiyatshunos, madaniyatshunos, faylasuf va pedagog olimlardan Ortega-i-Gasset, U.P. Smolskaya, D.Bell, A.Ya.Fliyer, T.A.Fetisova, V.P.Rudnev, V.P.Shestakov, K.T.Teplis, Ye.N.Shaginskaya, O.Xaksli hamda O’zbekistonlik olimlar N.Umarova, M.Quronovlarning tadqiqotlariga murojaat qildik. g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar tizimida O‘zbek xalq bayramlari, sayllari va marosimlari ham muhim o‘rin tutadi. Ulardagi ezgu g‘oyalar, qadriyatlar olamini bilish, tarixiy negizlariga va dinamik rivojiga nazar tashlash, turli davrlardagi funksional jihatlari haqida muayyan ilmiy xulosalarga kelish, meros sifatida kelajakka yetkazish hozirgi globallashuv va turli madaniyatlar uchrashgan, tutashgan chorahada yanada muhim-ma’no va ahamiyatga ega, deb o‘ylaymiz. Chunki ularda ajdodlar yodi, madaniy qadriyatlari, e’tiqodiy qarashlari, ezgu g‘oyalari o‘z mujassamini topgan bo‘lib, madaniy o‘zlikni anglashda, saqlashda, rivojlantirishda fundamental asoslarni ilg‘ashda yaqindan yordam beradi. Zero, o‘zligini anglagan- xalq qudratlidir.
Bundan tashqari ba’zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini – popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko’rsatadilar, chunki hayot ularning ham yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko’rsatdi. AQShda bo’sh vaqt, ya’ni dam olishni sanoat asosiga ko’chirgan. Aholining badiiy jihatdan unchalik yuksak bo’lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish) maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, “ayollar” romani) dunyoga keldi. Shuningdek, arzongarov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning g’oyasi va o’lchami bitta – odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish; musiqa janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi. XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini o’zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an’anaviy madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora tanlilarning “sprichuels”, regtaym va blyuz kabi o’ziga xos o’yinlarini eslatib turadi. XX asrda o’yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. Ubo’sh vaqtni o’tkazish vositasiga aylandi. Densing va diskotekaga sig’inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining rivojlanishi, eskilarining yo’qolishi va o’yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab bo’ldi. 1920 yillarda “Charlston” modada bo’lsa, keyinchalik uning o’rnini “step”, “chechetka”, jazdan ajralib chiqqan irland jigisi keyinroq, 50 yillarda “rok-n-roll”, 60 yillarda “sheyk” va “tvist” xitga aylandi va uning ommaviyligini ta’minlashda barcha vositalar ishtirok etdi: gramplastinkalar chiqarildi, televideniye va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu “ommaviy madaniyat” tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.
– Disko o’yin yo’nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda ommaviy bo’lmasa-da, hali bor. “Ommaviy madaniyat” bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog’iga aylanib bormoqda. Uni hozir “qiziqishlar industriyasi”, “tijorat madaniyat”, “popmadaniyat”, “bo’sh vaqtdan foydalanish industriyasi” deb atay boshladilar. Ma’lumki, mehnatkashlarning ma’lum qismida bo’sh vaqt serob. “Ommaviy madaniyat” mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki mamlakatimizda ishlab chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi o’rtasida “bo’sh vaqtni yopish ehtiyoji” ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil bo’ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji “ommaviy madaniyatni” yuzaga keltirmoqdaki, bu ayniqsa odamning ongiga, ya’ni adabiyot va san’atning barcha turlariga bevosita bog’liqdir. Keyingi o’n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta (uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli toifadagi odamlarning to’planishiga sabab bo’lmoqda. Ko’pincha ularni birlashtirgan istak – o’zlarini psixologik jixatdan bo’shatib olish istagidir. “Ommaviy madaniyat” madaniy mollar bozoridagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi. Avvalo u “oddiy” (buni jo’nlik deb atasa ham bo’ladi). Chunki ko’pincha bunday mahsulotlar “ko’cha odami”ga mo’ljallangandir. Ommaviy madaniyat o’z vazifasini to’la bajarishi, ya’ni ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo’lishi lozim. Albatta, bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan odamlar ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta’sir etadi. Shuning uchun ham “Ommaviy madaniyat”ning “eng qiziqarli” va hammaga tushunarli mavzulari – muxabbat, oila, karyera, jinoyatchilik va xo’rlash,sarguzasht, qo’rqinch va xokazolardir. Mavzular ekspluatasiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
Ommaviy madaniyatning maqsad va vazifalari. “Ommaviy madaniyat” baynalminal va milliy bo’lishi mumkin. Estrada musiqasi bunga misol bo’ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, bilim darajasidan qat’iy nazar, aholining barcha qatlamlariga o’ng’ay. “Ommaviy madaniyat”ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo’ladi. Lekin uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning shu daqiqadagi ehtiyojini qondiradi, har qanday yangi voqyea va hodisalarga hozirjavob bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgach, ular o’z dolzarbligini yo’qotadi, eskiradi va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq madaniyati bunday qismatga uchramaydi. 1917 yili bolsheviklar hukumatni egallagach, avvalo ular madaniyatni isloh qila boshladilar. Badiiy ijod ahlidan proletarlashtirilgan asarlar yaratishni talab etdilar. Ular shunday shiorni olg’a surdilar: “San’at xalqqa tushunarli bo’lishi lozim”. Bolsheviklar bu shiorni nemis marksisti Roza Lyuksemburgga tegishli, deb e’lon qildilar. Keyinchalik u aslida bunday demaganligi ma’lum bo’ldi. Ya’ni u: “San’atni xalq tushunishi lozim!”, deganligi aniqlandi. Birinchi shiorda yuksak madaniyatni ongi jo’n xaloyiq, olomon darajasigacha tushirish nazarda tutilgan. Ikkinchisida xalqni jahon madaniyati darajasiga ko’tarish uchun o’qishga va takomillashishga chaqiradi. Yoshlar bilan ularga tushunarli bo’lgan o’rtacha tilda muloqot va munosabat qilinishi ommaviy madaniyat usullarining muhim jihati hisoblanadi, bundan tashqari, boshqa kishi ongiga bevosita bog’liq jihatlari ham bor. Masalan, individning ijtimoiy voqyea va jarayonlarda ma’naviy va intellektual ishtirok etishni hoxlamasligi. Boshqacha aytganda, ko’pchilik jamiyat a’zolarining ongi passivligi. Bunga yoshlarning ma’lum qismida madaniyat mahsulotlariga, jumladan, ommaviy madaniyatga so’nggi standart deb qarash istagidir. Axborot texnologiyasi vositalarining roli tobora kuchayib ketganligi bois bo’sh, o’ta sayoz madaniyat mahsulotlari ham bozorga chiqarilmoqdaki, ularning ko’pchiligi ma’naviyatni yuksaltirish maqsadida emas, balki tijorat maqsadida tarqatilmoqda. Natijada an’anaviy madaniyat makonida mumtoz xalq ijodiyoti yonida aholi ongini bilim va tafakkurini o’tmaslashtiradigan ijod mahsullari ham ko’payib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda bir qator tashkiliy-ma’rifiy, ma’naviy va moddiy choralar ko’rilmoqda, albatta, lekin bunday mahsulotlar hayotimizga selday kirib kelishi hamon to’xtamayotir. Bu esa mutasaddi madaniy va ilmiy jamoatchilik oldiga muhim vazifalar qo’yadi. XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho’rolar mamlakati respublikalarida boshlangan istiqlolga intilish harakatlari sho’rolar davridagi mudroqlikka chek qo’ydi. Kommunistik senzura hamma vaqt yoqtirmay tanqid qilib kelgan “ommaviy madaniyat” ommaviy axborot vositasida hayotimizga faol kirib keldi, hamda aholi o’rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta yoshdagilarning ma’lum darajada qarshilik ko’rsatgani, qabul qilolmagani, an’anaviy madaniy qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o’rnashgani ko’zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning katta qismi ayniqsa talaba yoshlar sho’ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy ko’z bilan qaradilar. Yangi zamon “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan haridoriga aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o’zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. “Jahon to’ri” deb nom olgan internet tizimi orqali ommaviy madaniyat mahsulotlari hech qanday to’siqsiz mamlakatimizga kirib kelmoqda va ayniqsa yoshlar o’rtasida keng tarqalmoqda. Shashmaqom, Betxovenni tushunish uchun odamdan yuqori musiqaviy madaniyat talab etiladi. Ibtidoiy, 2/4 o’lchovli kuy-qo’shiq(masalan, “qarg’alar” qo’shig’i)ni hamma tushunadi. Biz “Shashmaqom, Betxovenni o’chir. “qarg’alar”ni qo’y” deymiz. Nega shunday deymiz? Sabab – Shashmaqom, Betxovenning yomonligi emas, balki sho’rolar yillarida bizning musiqiy madaniyatimizning ajdodlarimiznikidan pasaytirilganligida. Ana shuning uchun ham “2008 - Yoshlar yili” doirasida aholining musiqa madaniyatiga alohida e’tibor berilishi talabalar badiiy to’garaklari faoliyati, milliy ma’naviyat, san’at va madaniyatimiz rivojida ulkan ahamiyat kasb etadi. Xullas, odamlardan puxta madaniy bilimni, didni, tayyorgarlikni shart qilib, talab qiluvchi milliy madaniyatni – malikaga, bo’yanib, pardozlanib, odamlarning orqasidan ergashib yuruvchi “ommaviy madaniyat”ni – xulqi noma’qul ayolga o’xshatish mumkin.
Ommaviy madaniyat“dan himoyalanishda milliy gʻoyaning oʻrni va dolzarbligi. Teatrshunos Shuhrat Rizayev talqini bilan aytganda “Yuksak madaniyat ommaviy bo’lishi mumkin emas. U yuqori didni, badiiy mehnatni, tayyorgarlikni talab qiladi. Afsuski, ba’zi teatrlarimiz uchun repertuar siyosatini belgilashda odamlar didini yuqoriga, yuksakka ko’tarishga emas, balki odamlarning orqasidan ergashishga moyillikni ko’rsatmoqdalar. Bu yo’l bilan kassaga tushumni ko’tarishmumkin. Lekin bebaho milliy ma’naviy boyligimiz - o’zbekistonliklarga xos yuksak badiiy did darajasini o’rtamiyona, ommabop, “bizlarga shu ham bo’laveradi”,- deydigan darajagacha tushirib, pasaytirib yuborishi mumkin. Shuning uchun biz yoshlarimiz, xalqimiz didini pasaytirish, tushirish yo’lidan emas, balki aksincha, ko’tarish, yuksaltirish yo’lidan borishimiz kerak. Bu – madaniyat, san’at ahlining milliy burchi bo’lmog’i kerak”, - dedi (Muallifning filologiya fanlari nomzodi Sh.Rizayevdan 2007 yil 22 noyabr kuni Jizzax shahrida olgan intervyusidan). Sho’ro davrining o’z hududiy ommaviy-sinfiy madaniyati – “sovetskaya kultura”si bor edi. Sovet madaniyati nazariyasida milliy qadriyatlarga sodiq odamlarni qoloq, madaniyatsiz, millatchi qilib ko’rsatib, repressiy qilish nazariy asoslandi.
Ma’naviyatni asramoq – odamdagi insonni asramoqdir. Buni shior emas, har kunlik ish, hayotiy talab deb tushunish millatning yana yashashini belgilar ekan. Buni shior deb tushunib, amal qilmagan millatlar, xalqlar tarix kitoblaridan o’chib ketdilar. Mana yangi misollardan biri: – Patrik Byukenen “g’arbning o’limi” degan kitobi (Velikiye protivostoyaniya. Amerika protiv Ameriki)da “Gedonistik qo’shiqlarni kim to’xtatadi? Bunday jozibali o’lim qo’shig’ini yoshlarga qarab hamma – Gollivud, MTV, “ko’pik operalar”, teleko’rsatuvlar, qalin muqovali jurnallar, shou biznes, ayollarning ishqiy g’iybatlari, mish-mishlari, bestsellerlar kuylayotgan bo’lsa. O’qituvchidan tortib dindorgacha, hamma o’smirlarga “kondom” tutqazayotgan bo’lsa. Bu ahvolda ota-onalarga qanday yordam berib bo’ladi? Nima qilsak amerika ayollariga onalari, momolari kabi: “yuvosh er, shahar atrofida hovli va bir etak bola”ni qo’msaydilar? Bu sho’rpeshonalik ommaviy madaniyat kasofatidan bo’ldi. Chunki, “ommaviy madaniyat o’z qadriyatlari iyerarxiyasida shahvoniy hirsni onalik baxtidan yuqori qo’yadi. Ayollar jurnallari, “ko’pik operalar”, ayollarning ishqiy romanlari, praym-taym teleko’rsatuvlar, hammasida karyera, seks, yosh juvonning mustaqilligi(yolg’izligi) madh etiladi”.Ommaviy madaniyat esa buning teskarisi - “seksual erkinlik”, “seksual mo’ljalni tanlash erki”ning tarafdori. qachon, qayerda, kim bilan, nima bilan? Buning ahamiyati yo’q. Ana shu g’oya XX asrning 50-60 yillarida AQSh va Farbiy Yevropada seksual revolyusiyani boshlab berdi. Bu aslida ommaviy madaniyatning xristianlikka, xudoga qarshi revolyusiyasi bo’ldi. Bugun xudo ularni jazolamoqda. Buzuqi yigitlar 20-30 yoshida notavon, yengiltabiat qizlar esa bepusht bo’lib qolishmoqda.
Barcha dinlar, milliy madaniyatlar talaba qizlarga “o’zingni bokira tut. Asra”, deb keldi. “Ommaviy madaniyat” esa “Kontraseptivdan foydalan. Partneringni hadeb almashtiraverma. Xo’pmi!”, deb nasihat qilmoqda. Bugun u o’z nasihatini o’zbeklarning qizlariga aytish uchun kelayotir. XV asrda yashab, ijod qilgan notiq va olim Husayn Voiz Koshifiyning hayo va andisha haqida teran fikrlar muallifi hamdir. Tahlil qilinsa, hayo va andisha nafaqat qiz-ayollarni bezovchi nafis tuyg’u, balki muhim mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy omillar ekanligi ma’lum bo’ladi: “Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo’qolsa hech kimda vijdon qolmaydi, (u holda) dunyoda tartib buziladi, kishilar bir-birlariga befarq qaraydigan bo’ladilar” (Axloqi Muhsiniy). “Ommaviy madaniyat”ga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga nimani qarshi qo’ysa bo’ladi? Milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota-bobolarimiz e’tiqod qo’yib kelgan islomiy qadriyatlarni. Ana shuning uchun ham O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo’lib maktab, kollej, institutlarda dinshunoslik asoslari predmetini joriy etdi. MDHning ayrim peshqadam davlatlari bu ma’rifiy tashabbusning samarasini tez his qildilar. Masalan, Rossiya Federasiyasida ham 2006 yildan boshlab “Pravoslav(islom, Buddiylik) madaniyati asoslari” o’quv predmeti joriy etila boshlandi. Biz tajriba-sinov o’tkazilayotgan badiiy havaskorlik to’garaklarida ommaviy madaniyat tahdidini havaskor talabalarga tushuntirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Munosabat” nomli suhbatlar ruknini joriy qildik. Unda talaba havaskorlar uchun qiziqarli mavzular: taniqli san’atkorlar, ularning mashhur qo’shiqlari, gastrollari, hayotida sodir bo’lgan qiziq voqyealar, yangi qo’shiqlar, “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini muhokama qilish va o’z munosabatini bildirish amalga oshiriladi. Bunda har bir havaskor talaba muhokama qilinayotgan spektakl, qo’shiq, kuy, remiks, rep, myuzikl, kliplar, kinofilmlar, milliy estrada yangiliklari, jahon musiqa, estrada, teatr san’ati yangiliklariga munosabat bildirish metodidan foydalandik. Bunda talabalarga asarning: kontent, musiqiy va ijroviy tahlillarini amalga oshirish vazifasi qo’yildi. Masalan, 2006 yil 21 oktyabr kuni Samarqand davlat universitetining “Guldasta” ansambli a’zolari bilan taniqli xonanda Javodbek Kozimovning uchrashuvi o’tkazildi. Suhbat asnosida shu yilning iyul oyida taniqli xonanda Abram Tolmasovning “Ziyoratga keldim” deb nomlangan konsert dasturi haqida so’z ketdi. Pedagog-xonanda J.Kozimov konsert “Ziyoratga keldim” nomli qo’shiq bilan ochilganligini aytdi. qo’shiqda A.Tolmasov tug’ilib o’sgan shahri - Samarqandning, O’zbekistonning muqaddasligi, dunyoda bunday boy madaniyat va san’at maskani yo’qligi va buning qadrini musofir bo’lganda bilish mumkinligi, uni ko’z qorachig’i kabi asrash zarurligi haqida kuylaganligini hikoya qilib berdi. qo’shiq video yozuvda namoyish etildi. Undan so’ng ansambl repertuaridan joy olgan V.Obidov she’ri, J.Kozimov musiqasi bilan aytiladigan “O’ktam diyorim” qo’shig’i ijro etildi. Qo’shiqdagi milliy ohang, otashin satrlar havaskor talabalarning vatanparvarlik tuyg’ulariga ta’siri kuchli bo’ldi. “Ommaviy madaniyat” bilan milliy san’atimizning bir-biriga mutlaqo zid mohiyatini ansambl xonandasi Jahongir Niyozov shunday misol bilan tushuntirib berdi: “Yaqinda Sirdaryo viloyatiga bir qarindoshimiznikiga borgan edim. Guliston shahrida uzoq yillar talabalar badiiy havaskorlik ansamblini boshqargan ustoz pedagoglardan Yaxshiboy Safarov bilan suhbatlashib qoldik. U kishi shunday dedi “Bir Misha Abramov degan sinfdoshim bor. Xorijda yashaydi. O’tgan yili kelib eski tuski gramplastinkalarni terib olib ketdi. Bularni nima qilasan, yangilaridan olmaysanmi”, dedim. “Ey Yaxshiboy, chet elda o’zbeklarning mana shu eski qo’shiqlarini sevib eshitishadi. Mening yevropadagi katta davlatim ana shu orqasidan. Hozir men har safar soat 4-00 dan 6-00 gacha “O’zbekiston”radiokanalini yozib olayapman. Chunki bu vaqt faqat milliy qo’shiqlar qo’yiladi. Olib ketib, sotaman. Yoshlarning klassikaga qiziqishi juda yaxshi bo’layotir. Biroq, ayrimlari har xil duragay qo’shiqlarni aytishayapti. Esiz”, dedi”. Havaskor talabalar dunyoda o’zbek mumtoz qo’shiqlariga bo’lgan shunchalik ixlosdan faxrlandilar. Ayrim yosh xonandalarimizning arabcha, eroncha, turkcha, meksikancha ohanglarga o’zbekcha so’zni yo’nib, “ommabop” qo’shiq yasab aytayotganliklarini, “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolayotganliklarini tanqid qildilar.
Ommaviy madaniyatni yoyilishida Ommaviy Axborot Vositalarining oʻrni.Ma’lumki, talaba yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, yangi estetik
standartlarni tez qabul qilishadi. Ulardagi ana shu ijtimoiy-psixologik xususiyat ba’zida “ommaviy madaniyat” orqali kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni ham cheklab qo’yadi. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo’lmagan yoshlar hayotimizga, milliy mentalitetimizga mos kelmaydigan “mafkuraviy” mahsulotlarni o’zlari bilmagan holda qabul qilishlari mumkin. Tajriba-sinov ishlari o’tkazilgan badiiy havaskorlik to’garaklari a’zolari ko’plab namunalarni aniqlab keltirdik. Jumladan, 2008 yil 8 sentyabr kuni Samarqand shahar Alisher Navoiy ko’chasida joylashgan “Bolalar dunyosi” MChJga qarashli “Bolalar mollari” do’konidagi CD, DVD, VCD turg’un savdo shoxobchasida “O’zbekkino” milliy agentligi ekspert komissiyasi tomonidan A.R namoyish etish, tarqatish va sotish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan “Shokiruyushaya Aziya 1-2-3” va “Liki smerti” 1-2-3 filmlar to’plami sotilayotganligi; Buxoro shahri “Markaziy bozor” hududidagi “Buyum bozori”ga kiraverishda o’ng qo’lda joylashgan “DVD market” do’konida “Proklyatiye”, “Bliznesi” va «A.Somiy» ko’cha 11-uyning yon tomonida joylashgan do’konda “Pila-3”, “O’zbekiston mustaqilligi” ko’chasidagi 13-uyning chap tomonida joylashgan do’konda “Xostel” filmi sotilayotganligi; Andijon shahrida uyali telefonlardan yozib olingan videolavhalar telefonlar xotirasidan yozib olingan pornografik videoyozuvlar birinchisidan ikkinchisiga hamda uyali telefonlarga kuy va qo’shiqlar yozib beruvchi nuqtalarda kompyuterdan ko’chirib berilayotganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu muammo nafaqat Andijon viloyatida, balki boshqa viloyatlarda ham mavjudligi ma’lum bo’ldi. Havaskor talabalar mazkur videolavhalar yoshlarimizning mentalitetiga milliy axloqiy an’analariga mutlaqo zidligini, uyali aloqa telefonlariga yoshlar o’rtasida qiziqish yuqoriligini inobatga oladigan bo’lsak, bunday materiallarning talabalar telefonlarida mavjud bo’lishi yoshlarimiz g’oyaviy-estetik iyeallariga jiddiy putur yetkazishi mumkinligini yakdillik bilan e’tirof etdilar.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan davlat radiokanallari {atori hukumatimiz nodavlat FM radiokanallari uchun ham keng va teng imkoniyatlar yaratib bergan. Ayni va{tda o’z dasturlari bilan 2y,hlÈ|gÈ xizmat {ilib kelayotgan nodavlat FM radiokanallarida ayrim xonandalarning qo’shiqlari yoshlar auditoriyasiga taqdim etilayotgani havaskor talabalarning e’tirozlarini uyg’otdi. Shulardan biri - “Hamroh” radiokanali orqali 2008 yil 1 may kuni soat 7:09 da efirga berilgan ashulaning matni:


Man brodyaga xuligan,


Tungi ko’chalarda katta bo’lganman,


Yodda tut man ko’cha bolasiman,


I tak rohat hayotga man o’rganganman,


Tungi payt yana tunga qadar sayohat,


Nimaga kishi har dam tunda,


Bud smeley,


Bo’lgin endi man bilan birga,


To’ladi ko’nglim shunda,


...


Vse okey har tungidey,


Problema yo’q biza dam olamiz,


Shunday yashashga biz o’rganganmiz,


...


qayerda bo’lmay xayollarim qizlarda,


Man bezorini yaxshi ko’rishadi qizlar,


Man bezorini juda sevishadi qizlar,


Vot blondinka, mana bryunetka,


qani o’zi sizlar?


Yonimga kel ey rohatijonim,


Yonimga kel ey ofatijonim,


Maniki bo’lsang bo’ladi karoche,


Axir man o’sha san sevgan bezori man-cho,


Seni qumsayman lablari bolim mani,


Seniki bo’lsin yuragim borim,


Ko’chada o’sganman tungi xuliganman,


Seni sog’inganman...


O’zbekistonning audio-video mahsulotlar va axborotlar almashish bozori xaridorlarining aksariyatini yoshlar tashkil qiladi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, xalqimizning milliy mentalitetiga, axloqiy qarashlari va umuminsoniy qadriyatlar me’yorlariga aslo to’g’ri kelmaydigan, ya’ni qonunchilikka zid tarzda buzib dublyaj qilingan mahsulotlar yoshlar tomonidan xarid qilinmoqda. Xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan “Shrek”, “Shrek-2”, “Madagaskar”, “Yovvoyilar” kabi multfilmlar va “Taksi-4” singari badiiy film ana shular jumlasidandir. Ular o’zbek tiliga “goblin” uslubida dublyaj qilingan bo’lib,voqyea va syujetlar rivoji asliga nisbatan axloqsiz va qo’pol “ko’cha so’zlar” yordamida noto’g’ri talqin etilgan. Ichki bozorlarga noqonuniy ravishda sotuvga chiqarib yuborilgan bunday mahsulotlar ayrim telekanallar orqali keng ommaga namoyish etilishi hollari ham ko’p bora kuzatilgan. Masalan, Toshkent shahridagi “Nodavlat televideniyelar teletarmog’i” televideniyesi 2008 yil 12 yanvar kuni AQShning “World Disney” kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Yovvoyilar” multfilmini keng ommaga namoyish etdi. Dublyajda multfilm nomi “Katta sayohat yoxud Shermurodni izlab” deya buzib talqin etilgan bo’lib, unda asliga to’g’ri kelmaydigan quyidagi so’zlarni uchratish mumkin:
“Ommaviy madaniyat” mahsulotlari sirtdan yaltiroq ko’rinishi, yangiligi bilan ularni o’ziga jalb qiladi. Yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, ularni o’qishga, bilim olishga emas, balki o’ynab-quvnab, “yashab qolish”gachaqiradi. Aslida “ommaviy madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va ommaviy madaniyat mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq ayon bo’ladi. Ana shu vazifalarni oydinlashtirish maqsadida biz “Talaba g’oyaviy-estetik immunitetning tarkibiy qismlarini belgilab chiqdik: Har bir to’garak a’zosi – talaba bilan erkin suhbat o’tkaziladi. Har bir ko’rsatkich 10 ballik tizimda baholanadi. Bunda quyidagi aniqlovchi savollardan foydalanish mumkin:
1. “Ommaviy madaniyat”ning asosiy maqsadini, mazmun mohiyatini bilish.
2. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari mazmun-mohiyatini bilish.
3. Milliy va mumtoz san’atimiz turlarini, afzalliklarini bilish.
4. “Ommaviy madaniyat” mafkurasi misollarini hozirgi hayotda uchrayotgan ko’rinishlarini bilish, ularga mustaqil munosabat bildira olish.
5. Ularni fosh qilish qobiliyati.
6. Yot mafkuralarning ta’sir ko’rsatish usullarini bilish.
7. Yot mafkuralar ta’siriga duch kelganda nima qilishni bilish (Proyektiv
pedagogik vaziyatlar orqali ochiladi.)
8. Milliy va jahon san’ati tarixi nazariyasi, an’analaridan yangiliklaridan xabardorlik
9. Sevib tinglaydigan va ijro etadigan san’at namunalari orasida milliy san’at asarlarining o’rni.
10.Milliy san’atimizni tengdoshlari orasida targ’ib qilish.
Xulosa.Oliy ta’lim muassasasi badiiy havaskorlik to’garaklarida talabalarning san’atga bo’lgan ehtiyojlarida muayyan o’zgarishlar yuz beradi. Masalan,o’tkazilgan so’rovlardan dastlab havaskor talabalarning 89%i san’atning zavqlantirish, rohatlantirish, vaqtni mazmunli o’tkazish kabi gedonistik xususiyatlariga e’tibor qaratgan bo’lsalar, keyinchalik bir yildan so’ng talabalarning 91%i san’atni o’z dunyoqarashlarini kengaytirish, tasavvurlarini boyitish vositasi deb bilishlari kuzatildi. Bu esa badiiy to’garaklarda san’atning tarbiyalovchi funksiyasining oshirilishi evaziga erishildi. “Ommaviy madaniyat”ning ma’naviyatimizga, badiiyatimizga tahdid solishida dastlab ommaviy axborot vositalari asosiy rolni o’ynadi. Globallashuv tufayli sanoat asosiga ko’chirilgan, saviyasi past ommaviy madaniyat mahsulotlarini ko’paytirish va sotish bo’yicha qudratli tizim yaratildi. Endi istagan do’kondan dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo’shiq, klip audio-videotasmasini topish mumkin. San’atga, “ommaviy madaniyat”ga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo’ladigan, yengil-yelpi ijod bilan tanilgan yosh san’atkorlar paydo bo’ldi. o’zlari shoir, o’zlari bastakor, o’zlari ijrochi bo’lgan, maxsus musiqiy bilimi bo’lmagan ko’plab guruhlar paydo bo’ldi va ular o’z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday siyqasi chiqqan, lekin ma’lum ma’noda “o’z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar bilan yuzma-yuz turibdilar. Bunday vaziyatda badiiy havaskorlik to’garaklari “ommaviy madaniyat”ning yoshlar didini siyqalashtirib, jo’nlashtirib yuboruvchi buzg’unchi ta’sirga qarshi faoliyat olib borish lozim.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling