Sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand


Download 73.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.10.2023
Hajmi73.81 Kb.
#1705702
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yangi-o-zbekiston-yangi-qo-shnichilik-markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-qo-shnichilik

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand 
shahrida o'tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror 
rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada 
so'zlagan nutqi 
Bugungi kunda O‘zbekistonimiz va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o’rtasida 
do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlari, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar 
hamkorlik, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalar rivojlantirilgan. 
Mamlakatimiz o‘zining 30 millionlik aholisi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida 
xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka 
erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston
Turkmaniston va O‘zbekiston nazarda tutiladi. Sovetlar davrida bu hududga O‘rta Osiyo 
va Qozog‘iston atamasi qo‘llanilgan. Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan 
keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qo‘llana 
boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo 
atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul 
qilingan. Aksariyat xalqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo 
bo‘limlari ochilgan. Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga 
Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Xitoyning Uyg‘ur viloyatlari ham kiradi.
Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining 
toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. 
Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda 
Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 73.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling