Sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir
Download 73.81 Kb. Pdf ko'rish
|
yangi-o-zbekiston-yangi-qo-shnichilik-markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-qo-shnichilik
www.scientificprogress.uz
Page 38 Investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Madaniy va gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari umumiy tarix va yakdil madaniyatga ega. Ularning bir-biriga ulashib ketgan oʻxshash urf-odatlari, qadriyatlari va yagona dini bor. Shu bois, Oʻzbekiston madaniy va yaqin qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Mintaqaning sayyohlik salohiyatini oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida Silk Road (Ipak yoʻli) viza tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu rejim umumiy vizani nazarda tutadi va chet el fuqarolariga bir vaqtning oʻzida Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga toʻsiqlarsiz borishga imkon beradi. Ushbu tashabbus sayyohlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishini yengillashtirish uchun ilgari surilgan. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Turkiya va Ozarboyjon ham qatnashishi rejalashtirilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashabbuslari bilan nafaqat mamlakatni, balki butun mintaqani rivojlantirish borasida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Bizning bosh maqsadimiz – umumiy saʼy- harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat”. MUHOKAMA O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarning o‘zaro teglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro anglashuv va hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi. 1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. Oxirgi yettinchi qo‘shma majlis 2009-yil 28- dekabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 903,2 million AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 73.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling