Sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir
Download 73,81 Kb. Pdf ko'rish
|
yangi-o-zbekiston-yangi-qo-shnichilik-markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-qo-shnichilik
www.scientificprogress.uz
Page 39 O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 3018,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi konsruktiv va ochiq muloqot mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamda mintaqaning barqaror rivojlanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil qilingan. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2020-yil yakunlari bo‘yicha 501,9 million AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda. O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo- iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2020-yil yakunlari bo‘yicha 527,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport- kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 73,81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling