She’riy san’atlar 1- dars Tashbeh haqidagi to’g’ri hukmlarni aniqlang?
Download 28.85 Kb.
|
She'riy san'atlar test 10 javobsiz 2017 darslikdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
She’riy san’atlar 1- dars Tashbeh haqidagi to’g’ri hukmlarni aniqlang? Zamonaviy adabiyotda bu san’at maqol keltirish deyiladi. Unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi. arabcha so‘z bo‘lib, «qarz olish» ma’nosida ke- ladi. Bu san’atki , ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Ushbu baytda Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. (Atoyi) la’l tashbeh sanaladi. Adabiyotning asosiy quroli nima? Kitob Qalam So’z Bitik U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi. Fikr qaysi san’at haqida ekanligini aniqlang. Istiora Tashbeh Husnita’lil Talmeh Adiblar qaysi san’atdan o‘z g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi. Qalb Nido Tashbeh Istiora Tashbehning qanday qismlari mavjud. 4 3 2 5 Tashbehda o‘xshatilgan narsa Mushabbah Mushabbahbihi vajhi shaboh Holati tashbeh Tashbehda o‘xshagan narsa. A) Mushabbah B) Mushabbahbihi C) vajhi shaboh D) Holati tashbeh 8. Tashbehda o‘xshatish sababi Mushabbah Mushabbahbihi vajhi shaboh Holati tashbeh Tashbehda o‘xshatish vositasi Mushabbah Mushabbahbihi vajhi shaboh Holati tashbeh Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ushbu baytda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan? Tashbeh Istiora Tashbeh va talmeh Tashbeh va mubolag’a Bu san’atda ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqli ravishda, o‘xshatish vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi. Tashbeh Istiora Mubolag’a Talmeh Qaysi badiiy san’at “Qarz olish ” degan ma’noni anglatadi? Tashbeh Istiora Iyhom Talmeh Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. Ushbu baytda istiorani keltirib chiqaruvchi so’zni aniqlang? La’l Qanda Ko’nglim Tamanno Quyidagi baytda istiorani keltirib chiqaruvchi so’z qanday ma’noda kelganligini aniqlang? Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda. Sarvi ozod, hur Sarvi ozod, qaddi qomat Sarvi ozod, qimmatbaho tosh Mansabi oliy, oliy martabali Mumtoz adabiyotda bo’ri obrazi kim yoki nimalarga nisbatan qo’llanadi? Lashkarboshi yov-dushman mard er,o’lim A, B,C Adabiyotda qora xalqqa, nodon bilimsiz zakovatsiz, ochko’z umuman yomon xulqli insonga nisbatan tashbeh sifatida qaysi obraz qo’llanadi? Bo’ri Yilqi Tulki Qo’y Bo’ying sanobardek , beling qil, vafo qilgan kishilarga vafo qil ushbu baytda nechta tashbeh qo’llangan? 2 ta 3 ta 1 ta Qo’llanmagan Qaysi qatordagi baytda istiora qo’llanmagan? Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. (Atoyi) Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda. Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas. Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas. Ushbu baytdagi istioraga sabab bo’luvchi so’zlarni aniqlang. «oy», «muhabbat tuxmi», «o‘t» Yuz, ko’z oy Muhabbat tuxmi, yuz ,oy O’t, yuz, oy Qaysi badiiy san’atda narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi. Tazod Tanosub Talmeh Istiora Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangan. Va bu san’at qaysi badiiy san’atni yuzaga keltiradi? Tanosub Talmeh Tazod Tashbeh Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur, Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur. Baytda tazod san’atini yuzaga keltiruvchi so’zlarni aniqlang. Tilim, ko’nglim O’lmoq, tirilmoq Ko’ngil va haq Til va so’z Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? Ushbu bayt muallifi kim va baytda qaysi san’atdan foydalanilgan? Navoiy Tazod nasiya va naqd Bobur tazod nasiya va naqd Farog’iy tazod nasiya va naqd Atoyi tazod nasiya va naqd Ijodida naqd va nasiya so’zlarini qo’llay olgan ijodkor kim? Navoiy Bobur Turdi Atoyi Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor. Bayt muallifini toping va qaysi badiiy san’atdan foydalanilganligini toping? Atoyi tanosub tazod Navoiy tazod Bobur tanosub Navoiy tanosub, tazod Talmeh haqidagi qaysi hukm xato berilgan? arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash» demakdir. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Asar nomlarini keltirish talmeh san’ati hisoblanadi. Asarda asar qahramonlari talmeh san’atini yuzga keltirmaydi. Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen. Ushbu baytda talmehni yuzaga keltiruvchi nechta so’z keltirilgan? 2 ta 3 ta 1 ta 4 ta Sulaymon payg’ambar haqidagi qaysi hukmlar to’g’ri berilgan? Sulaymon– Dovud payg‘ambarning o‘g‘li edi, u o‘n to‘qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo‘lgan. Sulaymon barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, qurt-u qumursqaga, qushlarga, hatto «ins-u jinslar»ga ham hukmronlik qilgan. «Sulaymon saltanatlik podshosen» misralari ana shu afsonaviy shaxs qudratini mo‘jaz shaklda eslash orqali badiiy tasvir qahramonini tavsiflashga xizmat qilmoqda. ABC Payg’ambarlar haqidagi qaysi hukm xato berilmagan? Masih- kuch-qudrat ramzi Yusuf tiritiruvchi, jon ato qilish ramzi Sulaymon - go’zallik timsoli Yusuf-go’zallik ramzi Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda. Atoyining mazkur she’iy misralarida qaysi badiiy san’atlardan foydalanilgan? Tazod talmeh nido Talmeh tanosub nido Tanosub tashbeh Tashbeh va talmeh nido Bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi. Tajohuli orif Tanosub Qalb Nido Adib o‘zi bilgan narsani yana boshqalardan so‘rab turgandek bo‘ladi. Bu qaysi san’atni hosil qiladi? Tajohuli orif Tanosub Qalb Nido Atoyining “Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu? Og‘iz yo g‘unchai xandonmidur bu?” deb boshlanuvchi gazalida boshdan oxirigacha qaysi san’atdan foydalanilgan? Tanosub Tajoh-ul orif Husni ta’lil Qalb Xo‘blarda seningdek bir mahbub qani nozuk? Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk. Radifli gazal muallifi kim va bu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan? Atoyi Husnita’lil Lutfiy Husni ta’lil Navoiy Tajoh-ul orif Lutfiy Tajoh-ul orif … fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo‘lmasdan faqat shoirona asoslash bo‘ladi. Qalb Nido Husnita’lil Tajnis Quyidagi bayt muallifi kim va qanday badiiy san’atdan foydalanilgan? Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. Atoyi Husni ta’lil Lutfiy husni ta’lil Sakkokiy husni ta’lil Navoiy husni ta’lil Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi. Qaysi badiiy san’at qo’llangan va bayt muallifi kim? Atoyi Husni ta’lil Lutfiy husni ta’lil Sakkokiy husni ta’lil Navoiy husni ta’lil Qaysi baytda husni ta’lil san’ati qo’llanmagan? Qutlug‘ oyog‘ing yerga tegibdur, oning uchun, El yerga qo‘yub bosh, qilur barcha ibodat. Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar, Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och. Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur. Barcha qatordagi misralarda husnita’lil san’ati qo’llangan. Tajnis san’ati haqidagi qaysi hukm to’g’ri berilgan? Tajnisni «jinos» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa «hamjins» degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi. Barcha javoblar to’g’ri. Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. Baytda qaysi badiiy san’at qo’llanganini toping Tajnis, tashbeh Tajnis , husnita’lil Tajnis, intoq Irsoli masal ,tajnis Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy “Muhabbatnoma”) mazkur baytdagi qil so’zi qaysi qatora to’g’ri va to’liq izohlangan? Qil ko’p ma’noli so’z Qil paronim so’z 1-qil fe’l 2-qil Ingichka, nozik 1- Ingichka, nozik 2-Harakat Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda. Ushbu baytda tajnisni yuzaga keltiruvchi vositani aniqlang. bag‘ritosh ich-u toshinda bag‘ritosh, ich-u toshinda xarob, bag’ritosh Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och. 2 misradagi och so’zi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? Ko’rsatmoq Qorni och qolmoq Tashna Hayron Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. Uning to‘rt misrasidan uchtasida tajnis qo‘llanadi fikr qaysi janr haqida? G’azal Qit’a Ruboiy Tuyuq Ta’did san’ati haqidagi qaysi hukm to’g’ri berilgan? Ta’did to‘g‘risidagi ma’lumotlarni klassik poetika haqidagi manbalarning ko‘plarida uchratish mumkin. Bu ma’lumotlarda u turli nomlar bilan yuritilgan. Masalan, siyoqat-ul a’dod («Aruzi Humoyun», «Badoye’ us-sanoe’», «Latoyif at-tavoif», «Jamoi muxtasar», «Rahnamoyi adabiyoti forsiy»), ta’zil («Badoye’ us-sanoe’»), shumur («San’athoyi bade’yi dar she’ri tojikiy»), e’dod, ta’did, te’dod («Ilmi bade’ dar zaboni forsiy») shular jumlasidandir. Bu usulning go‘zal namunalarini so‘z ustalarining deyarli barchasida uchratish mumkin. Jumladan, Ahmad Yassaviy o‘zining badiiy niyatini alohida ta’kidlash uchun shu san’atdan foydalanadi Hamma javob to’g’ri Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. baytda qaysi san’atdan foydalanilgan? Tashxis Tashbeh Ta’did Tanosub Qaysi san’atning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u fikriy rivojni, ketma-ketlikni, tadrijiylikni anglatadi Tashxis Tashbeh Ta’did Tanosub O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa. Ushbu baytda ta’did san’atini yuzaga keltiruvchi vositalarni aniqlang? O’qi, niyoznoma Savob, olqish Mungluq niyoznoma o’qi, savob Lutfiy savob, olqish, duo Ta’did san’atining xususiyatlarni sanab berilgan qatorni toping? B, C sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, olmosh va ravishlar ham bajaradi. Ta’did grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi ta’did deyiladi Ta’lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor, Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor. (Xorazmiy) qaysi qatorda bayt to’liq tahlil qilingan ? Bugina emas, bir xil grammatik o‘zaro bog‘lanishlar takrori ko‘pincha she’riy musiqani kuchaytirib yuboradi. Baytda da to‘ldiruvchilar tilingni, ko‘zingni, bo‘g‘uzni so‘zlari o‘ziga xos ichki qofiyalarga yaqinlashadi, kesimlar esa (ko‘dazgil) radif vazifasini ado etyapti. Bu ichki qofiya va radiflar baytning ritmik ohangdorligini yoki boshqacha qilib aytsak, musiqiy bo‘yog‘ini ta’minlayapti. Barcha javoblar to’g’ri Badiiy san’atlar so‘zlarning she’riyatdagi ma’naviy aloqadorligiga tayanadi. Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi … deyiladi. Masalan, bir baytda «gul» so‘zi ishtirok etsa, u o‘z-o‘zidan «tikan», «guliston», «shabnam», «bulbul» kabi so‘zlarning bo‘lishini taqozo etadi. Tushib qolgan atamani toping? Tanosub Tashxis Qalb Ta’did Qaysi qatorda tanosib san’ati qo’llanmagan? Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay? Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk. Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda. Zulfung cheriki jamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar. So’zlar takrori natijasida qanday she’riy san’atlar hosil bo’ladi 1) ishtiqoq 2) tasdir 3) tasbe 4) mukarrar (takrir) 5) aks 6) tardi aks 7) rad 8) tazod 9) tajnis 10) tanosub 1,2,3,7,8,9,10 1,2,3,4,5,6,7 8,9,10 Barchasi So’zlar takrori natijasida hosil bo’lmaydigan she’riy san’atlarni aniqlang. 1) ishtiqoq 2) tasdir 3) tasbe 4) mukarrar (takrir) 5) aks 6) tardi aks 7) rad 8) tazod 9) tajnis 10) tanosub 1,2,3,7,8,9,10 1,2,3,4,5,6,7 8,9,10 Barchasi QAysi hukmlar xato berilgan? Tasdirda birinchi misraning dastlabki so‘zi (yoki so‘zlari) ikkinchi misra oxirida takrorlanadi Tasbeda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi. Tasbe kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keying misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘atadi va bu ta’sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi. Barcha hukmlar to’g’ri berilgan. Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar. Baytda so’zlar takroriga asoslangan qanday badiiy san’at qo’llanganini toping Tasdir B) Tasbe C) Tazod D) Takrir Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, Vafoli qulni asrar podsholar. Baytda qanday badiiy san’at qo’llanganini toping Tasdir, tazod Tasdir, tasbe Tazod Tasbe tazod …Baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga ko‘ra uni mumtoz badiiylik ilmida radd ul - sadriilal - ajuz (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi. Fikr qaysi badiiy san’at haqida ekanligini aniqlang Tasbe B) Tasdir C) Tarde aks D) nido Tasdir so‘zlar bir xil shaklda qo‘llansa ham, ular mazmunan farq qiladi, ya’ni ular ifodalagan ma’no ayni bir narsani emas, balki boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi. Bunday holda qaysi san’at yuzaga keladi. Tanosub Tashbeh Tasbe Tajnis Qaysi badiiy san’at tasdir, tasbe, ishtiqoqqa yaqin turadi? Nido Mukarrir Tade Tardi aks «Tard» so’zining ma’nosi qaysi qatorda to’liq izohlangan? «qaytarib berish» chappa «qochirish», zid «uzoqlashtirish» teskari «qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish» Aks qanday ma’noni ifodalaydi? «zid», «teskari», «chappa» Chappa «uzoqlashtirish» teskari chappa «qochirish», zid “Zid teskari ”«qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish» Qaysi hukm xato berilgan? So‘zlar takroriga asoslangan san’atlarning hammasida ham takrorlangan so‘zlar oldingi tartibni saqlab qolmaydi. Faqat tardi aks va aks san’atlaridagina so‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi. Tardi aksda takrorlangan so‘zlarning o‘rni qat’iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lishlari shartdir Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur. (Atoyi) baytda tardi aks qo’llangan. Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur. Mazkur bayt haqidagi noto’g’ri hukmni toping. Aruzning Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf – – V / V – V – / V – – maf’uvlu / mafoilun / faiylun bahrida yozilgan. Iyhom va tarde aks san’atidan keng foydalanilgan Birinchi misrada qaro so’zi rang ma’nosida, ikkinchi misradagi qaro so’zi qaragin, ko’rgin degan ma’noda kelgan Birinchi misrada qaro so’zi qaragin, ko’rgin ma’nosida, ikkinchi misradagi qaro so’zi rang ma’nosi kelgan Qaysi birida tardi aks qo’llanmagan baytni aniqlang? Majmu’i davoni dard qildi, Dardingki, manga davo bo‘lubtur. Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo‘lubtur. Begona bo‘lubtur oshnodin, Begonag‘a oshno bo‘lubtur. Barchasida tardi aks qo’llangan To qildi yuzung havosi jonim, Yuz sari anga havo bo‘lubtur. … boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Fikr qaysi san’at haqidaligini toping. Qalb Nido Tazod Iyhom Necha kun, necha tun orada o‘tdi, Rustamga Sultonxon u so‘zni aytdi: – Quloq solgin xon otangning tiliga, Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga, Ushbu misralarda nido san’atini keltirib chiqaruvchi so’z qaysi qatorda to’g’ri berilgan? Quloq sol Xon ota Qo’zim Ketaylik-da «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum», «Ey Yusufi husn» deya ma’shuqaga murojaat qilgan shoir kim? A. Navoiy Sakkokiy Atoyi Lutfiy «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum», «Ey Yusufi husn» deya ma’shuqaga murojaat qilgan lirik qahramon qaysi badiiy san’ati yuzaga keltiradi? Nido Qalb Tazod Tanosub Nido san’atini yuzga keltirgan so’zni gapda qanday sintaktik birlik bo’lib keladi. Ega Kesim Undalma Kirish so’z Bayda Nido san’atini yuzga keltirgan so’zni toping va gapda qanday sintaktik birlik bo’lib keladi. Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt. Sarvi xiromonimga to’ldiruvchi Gulbargi xandonimg‘a to’ldiruvchi Yig’ilarimning shiddati aniqlovchi ega Ey sabo undalma Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st, Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st. (Atoyi) qaysi badiiy san’at qo’llanmagan? Tazod Ishtiqoq Nido Tanosub Download 28.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling