devonining boshlang'ich qismlarini qasidalar tashkil etadi. Ular ichida XVIII asr so‘ngi — Muhammadrizo Qushbegi, Qutlug‘murod, Rahmonquli To‘ra kabi nufuzli shaxslar maqtoviga bagishlanganlari bor. Munis Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi urush, qoraqalpoq va turkman elatlariga qarshi xurujlar, arkoni davlat va zodagonlaming ov-shikor, to‘y-bazm, iyd dabdaba va hashamatlari haqida ham qasidalar bitgan. «Bahor», «Iyd», «Erur charxi berahm», «Charog‘i nola» nomlari bilan Munis «Saylanma»siga kiritilgan qasidalari shunday. Ularda shoir saroy qasidachiligi an’analaridan uzoqlashib ketolmaydi, qiladi. Shunga qaramay, Munis qasidalaridan ham o'sha murakkab davr hodisalariga doir ayrim tomonlami ajratib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |