Sherov abdujabbor
rasm Asosiy kapital investitsiyalar
Download 1.48 Mb.
|
Makroiqtisodiy modellar.Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili
2.4.4 rasm Asosiy kapital investitsiyalar
Y aIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2016 yilda 25,0 foizni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 0,6 foiz punktga o`sdi (1991 yil 18,foiz 2000 yilda 22,9 foiz, 2005 yilda 19,9 foiz, 2010 yilda 24,6 foiz va 2015 yilda 24,4 foizni tashkil etgan). (2.4.4 rasm) Xulosa Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur. Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib iqtisodiy o’sish va uning sur’atlari; iqtisodiy davr va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik muammolari; umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari; foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari hisoblanadi. Bu muammolarni mikroiqtisodiy tahlil jihatdan, ya’ni alohida iste’molchi, alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin emas. Aynan shuning uchun qator umumiy yoki makroiqtisodiy muammolar mavjud, iqtisodiy nazariyaning mustaqil bo’limi, makroiqtisodiyot mustaqil fani yuzaga kelishi zarurati paydo bo’ladi. Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi: 1) u makroiqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni oddiy ravishda izohlabgina qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va bog’liqliklarni aniqlaydi, iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi; 2) makroiqtisodiy bog’liqliklar va aloqalarni bilish iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi navbatda siyosat vakillar qanday chora ko’rishlari kerakligini ko’rsatadi, ya’ni iqtisodiy siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi; 3) makroiqtisodiyotni bilish kelajakda jarayonlar qanday rivojlanishini oldindan ko’rish, ya’ni prognozlar tuzish, kelgusidagi iqtisodiy muammolarni oldindan ko’rishga imkoniyat beradi. Makroiqtisodiy tahlilning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: expost va exante makroiqtisodiy tahlili. 6 Expost makroiqtisodiy tahlil yoki milliy hisobchilik, ya’ni statistik ma’lumotlar tahlili bo’lib, iqtisodiy faoliyat natijalarini baholash, muammolar va salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish bo’yicha iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini o’tkazishga imkon beradi. Exante makroiqtisodiy tahlil, ya’ni muayyan nazariy kontseptsiyalar asosida iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarni prognozli modellashtirish bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda iqtisodiy voqeliklar va o’zgaruvchilar o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini ochib berish imkonini beradi. Bu makroiqtisodiyotni fan sifatida namoyon bo’lishidir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling