Shifrlash tizimlari va ulardan foydalanish. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish


Kalit- matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.  Kriptoanaliz


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1111630
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-AMALIY(ТАТ)

Kalit- matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot. 
Kriptoanaliz - kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o‘rganadi. 
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: 
• yetarli darajada kriptobardoshlilik
• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; 
• axborotni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; 
• shifrlashdagi kichik xatolarga tasirchan bo‘lmasligi. 
Shifrlash va deshifirlash masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir alfavitda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil 
etadi. Alfavit - axborotlarni ifodalash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami. Misollar sifatida: 
• o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alfaviti; 
• o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti; 
• yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti; 
• ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti; 
binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat bo‘lgan alfavit; 
• sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat bo‘lgan alfavitlarni keltirish mumkin. 
Simmetrik shifrlarda ma’lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan foydalaniladi.
Simmetrik kalit. 
Bundan tashqari ochiq kalitli (assimetrik) kriptotizimlar mavjud bo‘lib, unda shifrlash va deshifrlash uchun ikkita kalitdan 
foydalaniladi. 
Assimetrik kalit. 
 Stenanografiya – bu maxfiy xabarni soxta xabar ichiga berkitish orqali aloqani yashirish hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan 
aytganda steganografiyaning asosiy g‘oyasi – bu maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish hisoblanadi. 


Stenografiya. 
 Xesh funksiya deb ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) ma’lumotni biror fiksirlangan uzunlikdagi (bit yoki bayt 
birliklarida) qiymatga o‘tkazuvchi funksiyaga aytiladi. 
Kriptografiyada xesh funksiyalar quyidagi masalalarni hal qilish uchun ishlatiladi: 
ma’lumotni uzatishda yoki saqlashda uning to‘laligini nazorat qilish uchun; 
ma’lumotning manbaini autentifikatsiya qilish uchun. 
Ma’lumotni xeshlash uning butunligini kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilish davomida 
o‘zgarishga uchrasa, u holda uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Xesh-funksiyalarda odatda kiruvchi ma’lumotning uzunligi 
o‘zgaruvchan bo‘lib, chiqishda o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi. Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, 
O‘z DSt 1106:2009 larni misol keltirish mumkin. Quyida “ℎ𝑒𝑙𝑙𝑜” xabarini turli xesh funksiyalardagi qiymatlari keltirilgan: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling