Shifrlash tizimlari va ulardan foydalanish. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish
Qanday qilib murojaat qilish mumkin?
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
7-AMALIY(ТАТ)
Qanday qilib murojaat qilish mumkin?
Avvalo yuqorida ta’kidlanganidek, Yagona portal tizimiga kiriladi. So‘ngra portalning yuqori o‘ng burchagida turgan “Davlat tashkilotiga murojaat qilish” tugmasi bosiladi. 5 qadamdan iborat quyidagi oyna ochiladi: Davlat tashkilotiga murojaat qilish. 1-qadam. Murojaatni yozish tartib qoidalari xaqida rozilik bildiriladi. 2-qadam. Siz murojaat qilayotgan shaxs turini tanlaysiz: Jismoniy yoki yuridik shaxs. Agarda “Foydalanuvchi kabineti”dagi “Profil” bo‘limida shaxsga tegishli ma’lumotlarni kiritilgan bo‘lsa, 2-qadamda avtomatik ravishda o‘sha ma’lumotlar paydo bo‘ladi. 2-qadam. Murojaat yuborish. 3-qadam. Murojaat qilmoqchi bo‘lgan tashkilot tanlanadi. 3-qadam. Murojaat yuborish. 4-qadam. Mazkur qadam eng asosiy bosqich hisoblanib, bu yerda quyidagi ma’lumotlarni to‘ldiriladi: Murojaat sohasi – nima masalada ekanligi; Murojaat turi – ariza, shikoyat yoki taklif; Javob olish yo‘li –elektron pochta yoki pochta orqali xat bilan; Murojaatning ko‘rinishi – shaxsiy, ommaviy; Murojaat mavzusi – nima mavzuda murojaat qilayotganligi; Murojaat matni – murojaat batafsil tushuntiriladi; Faylni ilova qilish – agar murojaatga fayl (hujjatning skaner varianti, foto yoki videomaterial va h.k.) ilova qo‘shish imkoniyati mavjud. Agarda barchasi to‘g‘ri bajarganligi to‘liq ishonch xosil qilinsa, uchta variant bo‘ladi: Imzo chekish, yuborish va qoralamani saqlash. Imzo chekish – bu yerda ERI moduli, ya’ni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash mumkin. Yuborish – murojaatni yuborish. Qoralamani saqlash – agarda yozgan murojaat yuborish uchun yetarli deb hisoblanmasa, ushbu tugma orqali uni saqlab qo‘yish va keyinchalik yana tahrir qilib, yuborish imkoniyat mavjud bo‘ladi. 4-qadam. Murojaat yuborish. 5-qadam. Mazkur qadam “Tamom” deb nomlanib, murojaatni yuborish yoki qoralamaga saqlash tamomlanganligini bildiradi. MUROJAATGA JAVOBLAR Murojaatga javob kelganini qanday bilish mumkin? Eng avvalo foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun SMS xizmati joriy etilgan. YA’ni shaxsiy ma’lumotlarda kiritilgan telefon raqamiga uchta holatda SMS-bildirishnomalar keladi. Bular: 1. Murojaat yuborilganda. 2. Murojaat ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganda. 3. Murojaatga javob berilganda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish. Shuningdek, murojaat holatini “Mening arizalarim” sahifasida xam ko‘rish mumkin. Agarda murojaatga javob berilgan bo‘lsa, unda o‘sha murojaat sahifasida ko‘rinib turadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling