Shikoyat xati


Download 18.85 Kb.
Sana11.08.2023
Hajmi18.85 Kb.
#1666468
Bog'liq
Shikoyat hati


Qarsh shahar prokurori A.Mirzayevga Qarshi shahar Otchopar mahallasi Humoyun ko`chasi 10-uyda yashovchi fuqaro To`rayeva Gulsara tomonidan
Tel: +998 90 444 61 66


SHIKOYAT XATI
Sizga yozib ma’lum qilamanki Otchopar mahallasi xududi, ya’ni viloyat bolalar shifoxonasiga kiraverishda bir qavatli yaxlit bino bo`lib shu binoni asosiy qismi fuqaro Sh. Suyunovga, o`rtasidan 42-m2 bizga qonuniy oldi-sotti shartnomasi orqali sotilgan . 2016-yldan beri biz binoni rasmiylashtirib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun “Dorixona” tashkil etib, faoliyat ko`rsatildi. 2017-yilda mutasaddi tashkilot rahbarlarining taklifiga binoan dorixona binosini kengaytirish hamda zamonaviy talablarga mos bino qurish uchun ya’ni 2 qavatli 72m 2 maydonga ega bo`lgan dorixonani qayta qurishni rejalashtirib barcha zarur hujjatlar tayorlandi. Ushbu hujjatlar qariyb ikki yil davomida ancha ovoragarchiliklar bilan tayyorlandi va ko`pgina tashkilotlar xo`jalik hisobida ish yuritganligi sababli anchagina mablag` ham sarflandi. 2017-yil 3-iyulda qurilish uchun shahar hokimligining №X-1430/7-sonli qarori chiqarildi bizga qurilish tashkilotlari tomonidan ajratilgan yer maydonida Ivan ismli fuqaroning poyafzal do`koni joylashganligi va uning Rossiyaga ketganligi sababli qurilishni boshlay olmadik, shu bilan birga viloyat arxitektura qurilish boshqarmasi bu maydonni kim ochti savdosiga qo`yiladi deb qurilishni to`xtatib qo`yishdi. Mavjud bino ancha eskirib, ko`rimsiz holatga kelib qolganligi uchun qo`shnimiz Suyunv Shokirga butun yaxlit binoni birgalikda ta’mirlashni taklif etganimda, Suyunov Shokir menga hozir emas keyinroq bitta loyiha tayyorlab birgalikda ta’mirlaymiz deb aytgan edi. Leki Suyunov Shokir o`z so`ziga turmasdan, meni aldab bizga ajratilgan bo`sh yer maydonni noqonuniy avishta qurishni boshladi. Ushbu masala bo`cha shahar arxitekturasiga murojat qildim. Arxitektura hodimlari kelishib, Suyunov Shokir tomonidan bo`sh yer maydonida noqonuniy qurilish uchun Fundament tashlanganligini ko`rishib, qurilish bo`yicha zarur hujjatlarni ko`rsatishni talab etishdi. Shu paytda qurilish bo`yicha zaruz hujjatlar ko`rsatilmasdan faqat 2001-yildagi Kadastr chizmasi ko`rsatildi. Nega zarur hujjatlar yo`q dep so`ralganda hujjatlar ham, qurilish ham asta sekin bo`laveradi deb javob qaytarildi. Ushbu noqonuniy qurilish ishlari shahar arxitektura xodimlari va biz ishtirokimizda suratga olingan (Ilova qilinadi) . Qurilish bo`yicha mutasaddi tashkilotlarning xulosasi olinmasdan tezlik bilan bino ikki qavatli qilib ko`tarildi. 2022-yilning noyabr oyida men shahar arxitekturasi va qurilish inspeksiyasi rabarini chaqirib noqonuniy qurilishni ko`rsatdim. Shahar arxitekturasi rahbari J.G`aniyev savol berganimda, hujjati bo`lmasa qanday quradi deb javob bergan lekin qo`lida tegishli tashkilotlardan euxsatnoma olmasdan besh oy davomida binoni to`liq qurmasdan va davlat qabul kommisiyasidan o`tkazmasdan , ya’ni qurilishi tuigallanmagan binoda bugungi kunda “Dorixona” ochiq faoliyat ko`rsatmoqda. Tadbirkor Suyunov Shokirga davlat qonunlariga bo`ysunmasdan, o`zboshimchalik bilan noqonuniy qurilish ishlarini olib borishga ki huuq bergan. Suyunov Shokir 2016-yilgda ham soiq arxitektr Obid Jo`rayev rahbarligi davrida ham kelishib faqat 40m 2 joyni bizga qoldirib qolgan bo`sh yer maydonini devor bilan o`rab darvoza qo`yib olgan edi. Keyinchalik bu joyni to`liq qurib oldi. Shokir Suyunov tadbirkor bo`lsa , biz ham o`z faoliyatimzni tadbirkor sifatida yuritishimiz lozim edi. Vaholangki o`limda zarur hujjatlar vashahar hokimligining qarori bo`la turib, to`sqinlikka uchradim ya’ni Sh.suyunov menga zo`ravonlik qilib mensimasdan faqat o`zini o`ylab ish tutmoqda. Yuqoridagilarga asoslanib sizdan adolatni yuzaga chiqarishingizni, Sh. Suyunovga nisbatdan qonuniy chora ko`rishingizni va bu masalani yechishda aniqlik kiritib, menga amaliy yordam berishingizni iltimos qilib so`rab qolaman.

Fuqaro: G.To`rayeva
Download 18.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling