Shillerning har biri asari,bu-buyuk mukammallikka erishmoq yo’lidagi olg’a bosilganodimdir


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1052199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shiller-poeziyasi-olim odam olam

Mavzuning 
dolzarbligi: 
Mustaqillik yillarida tarjima ishlariga e‟tibor 
kuchaydi.Shiller adabiy merosining O‟zbekistonda yoyilish tarixini o‟rganishni poetik 
asarlari tarjimasisiz tasavvur qilish qiyin.Shillerning she‟riy asarlari tarjimasida 
tarjimonlarning badiiy mahoratini ko‟rsatish misol qilib olingan she‟riy tarjimalarning 
badiiy xususiyatlari va ularning lingvoepik tahlili ishning dolzarbligini tashkil etadi. 
Mavzuni o‟rganilganlik darajasi: Shiller ijodi ,xususan she‟riy asarlari 
tarjimasining badiiy g‟oyaviy xususiyatlari tadqiqotchilar tomonidan adabiyotshunoslik 
va lingvistik aspektda atroflicha o‟rganilgan.Xususan, A.Abushning “Shiller.Nemis 
geniysining ulug‟ligi va fojiasi”, “H.Harderning “Shiller-Rossiyada” A.Anisimovning 
“Klassiklarning zamonaviyligi, N.N.Vilmontning “Dostoyevskiy va Shiller” kitoblari 
F.Sulaymonovaning “Shiller buyuk nemis shoiri” taqdqiqoti, R.Fayzullayeva, 
Sh.Karimov, U.Sotimmov, O‟.Nurmatovlarning dissertatsiyalari, R.Abdullayevaning 
“Shiller va o‟zbek adabiyoti” monografiyalari va boshqalarini misol qilib keltirish 
mumkin.Bitiruv malakaviy ishda she‟riy tarjimalarning lingvoepik xususiyatlari 
A.Sher, M.Ali, O.Matjon, V.Levik tarjimalari misolida chuqur va atroflicha tahlil etdik. 
Ishning maqsadi:Badiiy tafakkur taraqqiyotining buyuk siymolaridan biri F.Shiller 
ijodini O‟zbekistonda o‟rganilishi va tarjima qilinishi tarixini aniq bir misollar asosida 
yoritib berish, she‟riy asarlar tahlilini ko‟rib chiqish tarjimalardagi yutuq va 
kamchilikarni o‟rganib 
chiqish, badiiy tasvir vositalarining qay darajada 
qo‟llanilganligini ko‟rib chiqish muhitdir. 


12 
Ishning vazifasi:Shiller she‟riy tarjimalarini chuqur va batafsil yoritish quyidagi 
vazifalarni qamrab oladi: 
1.Shiller ijodini O‟zbekistonda o‟rganilish tarixi va o‟zbek xalqining ma‟naviy 
hayotiga kirib borish bosqichlarini asoslash. 
2.Shiller she‟riy asarlarining tarjimasini g‟oyaviy badiiiy xususiyatlarini baholash. 
3.She‟riy tarjimalarning lingvoepik tahlil qilish orqali Shillerning o‟zbek 
adabiyotiga ta‟sirida badiiy tarjimaning rolini aniqlash. 
4.O‟zbek adabiyotida Shiller poeziyasi an‟analarining izlarini aniqlash va hokazo. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling