Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi


Download 243.35 Kb.
bet24/35
Sana16.06.2023
Hajmi243.35 Kb.
#1489464
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023

2. Antropogen landshaft – shakllanishida insonning xo‘jalik faoliyati katta rol o‘ynagan landshaft turi.
3. Bulla – Sopol yoki yog‘ochdan tayyorlangan bir tomonida (uch qismida) tamg‘a yoxud muhr bosilgan buyum.
4. Gipparx (qadimgi yunoncha ἵπparascos) – qadimgi yunonlarning otliq qo‘shinlarining boshlig‘i.
5. Lazurit – “lapis-lazuli” lotincha so‘z bo‘lib, qimmatbaho tosh, O‘rta Osiyoliklar lojuvard yoki la’l deb atashgan.
6. Landshaft – (nem. land - еr, schaft - manzara) - 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega bo‘lgan hudud.
7. Oronim (yunoncha ὄρος “tog‘” + ὄνομα “nom”, “ism” dan) – еr yuzasi relefining har qanday ob’ektiga tegishli nomi: qavariq (tog‘, tog‘ tizmasi, tepalik) va botiq (vodiy, jar, botiq, dara, chuqur), ya’ni har qanday orografik obyekt; toponimlar turi.
8. Potamologiya (yunoncha ποταμός – daryo, λόγος – ta’limot; so‘zma-so‘z “daryolar haqidagi fan”) yoki daryolar gidrologiyasi – quruqlik gidrologiyasining bo‘limi. Daryolar, ularning o‘zani va havzalaridagi suv oqimi va oqiziqlarning gidrologik rejimini o‘rganadi. Potamologiya daryo o‘zanining holatini, tabiiy omillar – Yer sirti holati (geologik tuzilishi, relyefi, o‘simlik qoplami, tuproq sharoiti) va iqlimi (atmosfera yog‘inlari, havo harorati) hamda inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillarning oqimga ta’sirini o‘rganadi. Potamologiya yoki daryolar gidrologiyasi o‘zan jarayonlari, o‘zan oqimi dinamikasi, daryolarning temperatura rejimi, muzlash hodisalari, minerallashuv darajasi, shuningdek, daryolarning suv
rejimi elementlarini oldindan aytish – bashorat qilish bilan shug‘ullanadi.
9. Tarixiy geografiya (yunoncha γεωγραφία – еr tavsifi) - tarixiy voqea-hodisalarning bo‘lib o‘tgan joylarini, geografik shart-sharoitlarini va har qanday hududning o‘z rivojlanishining ma’lum bir tarixiy bosqichidagi geografiyasini o‘rganadi.

Download 243.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling