Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi


Xulosa............................................................................................................115-118


Download 243.35 Kb.
bet2/35
Sana16.06.2023
Hajmi243.35 Kb.
#1489464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023

Xulosa............................................................................................................115-118
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati............................................................119-135
Shartli qisqarmalar.............................................................................................136
Atamalar izohi..............................................................................................136-137
Ilovalar..........................................................................................................138-153
KIRISH (Falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi annotatsiyasi)
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon xalqlari tarixida muhim o‘rin egallagan mamlakatlar va mintaqalar tarixiy geografiyasini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Turli davrlarda yuzaga kelgan yirik davlatlar, tarixiy-madaniy o‘lkalar va ularning jahon tarixida erishgan yutuqlarisiz kishilik jamiyatining rivojini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tarix va geografiya fanlari bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy geografiya fani qadimda vujudga kelgan tarixiy-madaniy viloyatlar tarixini obyektiv jihatdan ochib berishga xizmat qiladi. Muayyan hududlar landshaftlarining o‘zgarishi, antropogen landshaftlar, qadimgi yo‘llarning yuzaga kelishi va taraqqiyoti jarayonini o‘rganish, O‘zbekiston hududi ilk shaharsozlik va davlatchilik yuzaga kelgan markazlardan biri bo‘lganligi, qadimgi davrda mavjud bo‘lgan toponimlar, xoronimlar, gidronimlar, oykonimlar va oronimlarni aniqlab, ularni aniq lokalizatsiya qilish tarixiy geografiya fanining muhim vazifalari hisoblanadi.
Hozirgi kunda tarixiy geografiya bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar ko‘plab davlatlar olimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jahonning taraqqiy qilgan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Xitoy va Yaponiya kabi mamlakatlarining yеtakchi ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan tarixiy-madaniy o‘lkalar tarixiy geografiyasini o‘rganish borasida muntazam ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyodagi tarixiy-madaniy o‘lkalarning tarixiy geografik o‘rni, siyosiy hududining shakllanishi va taraqqiyot dinamikasini o‘rganishga e’tibor kuchayib, bu orqali inson faoliyati natijasida shakllangan antropogen va urbolandshaftlarning ekologiya hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ishlar ham amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston tarixi fani oldidagi eng muhim vazifalar qatoriga qadimdan mavjud bo‘lgan tarixiy-madaniy o‘lkalarning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi, qadimgi yo‘llarning vujudga kelishi, rivojlanishi, antropogen landshaftlarning shakllanish jarayoni, urbolandshaftlarining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti, ularning tabiatga ta’sirining kuchayishi hamda buning natijasida ilk davlatlarning shakllanishi, mazkur davlatlarning tarixiy geografiyasini tadqiq etish, O‘zbekistonning qadimgi tarixiga oid yozma manbalar va arxeologik materiallarni qiyosiy o‘rganib umumlashtirgan holatda tahlil etish kiradi. Bunday yondashuv O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalalari bilan ham uzviy bog‘liqdir. Zero, “O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur”1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2018-yil 18-yanvardagi F-5181-son “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabrdagi 792-son “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori2 hamda sohaga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 243.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling