Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi


Tadqiqotning maqsadi qadimgi


Download 243.35 Kb.
bet4/35
Sana16.06.2023
Hajmi243.35 Kb.
#1489464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023

Tadqiqotning maqsadi qadimgi davrdan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrdagi Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasini majmuaviy yondashuv asosida ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston arxeologik yodgorliklarini Shimoliy Baqtriya tarixiy geografiyasini o‘rganishda muhim manba sifatida tadqiq etish;
Shimoliy Baqtriya to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dastlabki yozma manbalarda aks etishini va ilmiy adabiyotlar tarixshunosligini yoritish;
Baqtriya va Sug‘d chegarasi muammosining zamonaviy tavsifini asoslash;
Shimoliy Baqtriya qadimgi savdo yo‘llari geografiyasini o‘rganish;
Shimoliy Baqtriyaning so‘nggi bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasini tadqiq etish;
Shimoliy Baqtriyaning ellinistik davlatlar hukmronligi davridagi tarixiy geografiyasi masalasini tahlil etish;
Kushon podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasini yoritish.
Tadqiqotning obyektini Shimoliy Baqtriyaning qadimgi davrdan milodiy IV asrgacha tarixiy geografiyasi tashkil etadi.
Tadqiqot predmetini Shimoliy Baqtriya haqidagi dastlabki yozma manbalar, ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari, tarixiy-madaniy o‘lka hududida aniqlangan arxeologik yodgorliklar va qadimgi savdo yo‘llari lokalizatsiyasi tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotni amalga oshirishda xolislik, xronologik tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, statistik va ilmiy izchillik usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Shimoliy Baqtriya arxeologik yodgorliklarini ilmiy asosda o‘rganish orqali bu hududda antropogen landshaftlarning dinamik rivojlanishi natijasida urbolandshaftlar shakllanganligi, qadimgi davrdan Kushon podsholigi davriga qadar quruqlik, suv yo‘llari orqali amalga oshirilgan mahalliy va xalqaro savdo-sotiqning rivojlanganligi dalillangan;
so‘nggi yozma, arxeologik va epigrafik manbalarni qiyosiy taqqoslash orqali Baqtriya va Sug‘d tarixiy-madaniy o‘lkalarining chegarasi Oks-Amudaryodan emas, balki bevosita Janubiy Hisor tog‘ tizmasidan o‘tganligi asoslangan;
Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘iga harbiy yurishi davomida Oks-Amudaryo bo‘yida asos solingan Oks Aleksandriyasi Kampirtepa bo‘lmasdan, balki Eski Termiz o‘rnida mavjud bo‘lganligi dalillangan;
Kushon imperiyasining tarix sahnasidan ketishi IV asr oxirida emas, balki III asrning 40-50-yillarida sodir bo‘lganligi, Baqtriya o‘lkasi shu sanalardan boshlab yozma manbalarda “Kushanshahr” deb nomlanganligi aniqlangan.

Download 243.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling