1.2-§. Baqtriya tarixiy geografiyasining Qadimgi Sharq, yunon-rim manbalarida aks etishi
Jahondagi yirik ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan dunyoning turli hududlaridagi tarixiy-madaniy o‘lkalarning tarixiy geografiyasini o‘rganishda yozma manbalar tadqiqi birlamchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Xususan, mil. avv. II ming yillik oxiri–I ming yillik boshlaridan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrdagi Baqtriyaning tarixiy geografiyasini o‘rganishda Qadimgi Sharq yozma manbalaridagi ma’lumotlar ham muhim o‘rin tutadi.
Amudaryo bo‘yida shakllangan Baqtriya ham o‘z davrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng qadimgi va yirik tarixiy madaniy o‘lkalaridan biri bo‘lgan.
Baqtriyaning tarixiy geografiyasi to‘risidagi dastlabki ma’lumotlar “Avesto”da uchraydi. Baqtriya “Videvdat”ning birinchi bobida Axuramazda tomonidan yaratilgan qadimgi 16 o‘lka va viloyatlarning nomlari qatorida tilga olingan. Unda Baqtriya “Baxdi” (avestocha Bāxδīm srīrąm ərəδβō. drafšąm48) shaklida yozilib, to‘rtinchi mamlakat sifatida tilga olingan: “To‘rtinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan bo‘lgan, baland bayroqli go‘zal Baxdiga asos soldim”49. Baqtriya mil. avv. VIII–VI asrlarda O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlardan biri bo‘lgan.
“Avesto”da O‘rta Osiyoda yashagan xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari, huquqiy munosabatlari, tartib-qoidalari, bayramlaridan tashqari mil. avv. I ming yillik birinchi yarmida mavjud bo‘lgan tarixiy viloyatlar, tog‘lar va daryolar nomlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar mavjud.
N.Xodjayeva tadqiqotlari asosida “Avesto” va pahlaviy manbalarida tilga olingan Shimoliy Baqtriyaning ba’zi bir toponim, oronim va gidronimlari lokalizatsiya qilingan50(1.2.-jadvalga qarang).
1.2.-jadval.
“Avesto” va pahlaviy manbalarida keltirilgan Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan toponim, oronim va
gidronimlarning lokalizatsiyasi
№
|
“Avesto”da toponim, oronim va gidronimlarning nomi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |