Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat
Download 243.35 Kb.
|
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
- “O’zbekiston tarixi”
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
so‘nggi davrlarda Shimoliy Baqtriyaning qadimgi davr, so‘nggi bronza, ilk temir davri, ellinistik davlatlar hukmronligi va Kushon podsholigi davrlaridagi tarixiy geografiyasiga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar hamda materiallar tizimlashtirilgan; mavzu o‘rganilishi jarayonida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida tegishli xulosalar berilib, ulardan ilmiy tadqiqotlarda, o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Dissertatsiyani o‘rganishda tarix fanida tan olingan ilmiy tadqiqot usullari va yondashuvlari asosida birlamchi yozma va arxeologiya manbalariga tayanilgan holda ilmiy adabiyotlardan foydalanilganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan tavsiflanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasi katta hajmdagi materiallar hamda yangi metodologik va nazariy xulosalar asosida o‘rganilishi tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyatini tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot davomida to‘plangan boy materiallar va dalillardan, ilmiy ishdagi xulosalardan ijtimoiy-gumanitar soha fanlari, jumladan, tarixiy geografiya, tarixiy o‘lkashunoslik, tarixiy kartografiya, arxeologiya kabi fanlardan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar yaratishda foydalanish mumkin. Dissertatsiyaning xulosa qismidagi taklif va tavsiyalar bundan keyingi tarixiy geografiyaga oid tadqiqotlarda hisobga olinsa, moddiy, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini saqlab qolish, ularda bir qancha marshrutlar bo‘yicha ilmiy turizmni rivojlantirish va eng muhimi O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish kabilar tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini tashkil etadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida: Surxondaryo viloyatida joylashgan o‘rta paleolit davridan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarga oid tarixiy madaniy yodgorliklari (Teshiktosh, Amir Temur g‘ori, Machay g‘ori, Zarautsoy qoya tosh suratlari, Sopollitepa, Jarqo‘ton, Dalvarzintepa va boshqalar)ning geografik o‘rni va ma’lumotlaridan Surxondaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan turizm marshrutlarini tuzishda foydalanilgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida mavjud bo‘lgan tarixiy-geografik yodgorliklarni oltita yo‘nalishda (1. Qadimgi davr odamlari makonlari bo‘ylab; 2. Bronza va ilk temir davri yodgorliklari bo‘ylab; 3. Buyuk hind yo‘li bo‘ylab; 4. Makedoniyalik Aleksandr yurgan yo‘llar bo‘ylab; 5. Qadimgi diniy yodgorliklar bo‘ylab (ziyorat turizmi); 6. “Buyuk ipak yo‘li” manzilgohlari bo‘ylab) ilmiy turizm marshrutlarini tashkil etish taklifi inobatga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning “Mamlakatning buddaviylik, yahudiylik, zardushtiylikka oid ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish” bobida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022-yil 7-fevraldagi 03-17-02/1166-son ma’lumotnomasi). Natijalar ilmiy va ziyorat turizmini tarixiy-geografik manzillar asosida rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi; So‘nggi yozma va arxeologiya tadqiqotlari hamda kashfiyotlarini jalb qilgan holda Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasi yangicha yondashuvlar asosida ko‘rib chiqilganligi, Baqtriyaning shimoliy chegarasi muammosi ilmiy jihatdan tadqiq etilganligi, Surxondaryo viloyatida mavjud bo‘lgan tarixiy-geografik yodgorliklarining ilmiy turizm marshrutlarini tashkil etish istiqbollari to‘g‘risidagi ilmiy-tarixiy dalillar asosidagi ma’lumotlardan “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 11-fevraldagi 06-31-351-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasi haqida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida turkum teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Download 243.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling