Shimoliy yevropa mamlakatlari


Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari


Download 43.69 Kb.
bet5/6
Sana28.01.2023
Hajmi43.69 Kb.
#1136036
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shimoliy Yevropa mamlakatlari

2.4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Yevropa mamlakatlari yuqori darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Regionda transportning deyarli barcha turlari taraqqiy etgan. Dunyodagi jami aloqa yo‘llari, transport korxonalari va transport vositalari birgalikda jahon trans­port tizimini tashkil qiladi, Jahon transport tizimida 100 mln. dan ortiq, Yevropa mamlakatlarida 20 mln. kishi ish bilan band. Yevropa mamlakatlarida о`rtacha yiliga 20 mlrd. t yuk va 200 mlrd. kishi transportning barcha turlari yordamida tashiladi. Ushbu jarayonda 130 mln. avtomobillar, salkam 10 ming dengiz kemalari, 2 mingdan ortiq samolyot, 40 ming lokomotiv ishtirok etadi.
Yevropada yo`lovchi tashish transportida avtomobil transporti yetakchilik qiladi. Unga jami tashilgan yo‘lovchilarning deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Dengiz transporti yuk tanishda tengsiz hisoblanadi. Uning jami tashilgan yukdagi ulushi 62 foizni tashkil etadi.
Yevropada temiryo`l transporti Rossiya, GFR, Fransiya va boshqa ko'pchilik mamlakatlarda rivojlangan. Rossiyada 87 ming km, GFR da 44 ming km va Fransiyada 33 ming km temiryo'l qurilgan. Temiryo`llarning katta qismi elektrlashtirilgan. Fransiya va Buyuk Britaniya o`rtasida tunnel orqali o`tuvchi tezyurar poyezdlar qatnaydi.
Ma’lumki, avtomobil transportining rivojlanishi unda mavjud mashinalar soniga bog'liq. GFR (35 mln. dona), Italiya (31 mln. dona), Fransiya (28 mln. dona), Buyuk Britaniya (24 mln. dona), Rossiya (18 mln. dona), Ispaniya (16 mln. dona) davlatlari yetakchilik qiladilar.
Yevropada quvur transporti ham yuqori darajada rivojlangan. G'arbiy, Sharqiy, Shimoliy va Janubiy Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligi bir-biri hamda Rossiya bilan neft va tabiiy gaz quvurlari orqali bog`langan. Neft va gaz quvurlari Shimoliy va Norvegiya dengizlari akvatoriyalarida ham faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi vaqtda Yevropani Markaziy Osiyo bilan bog`lovchi "Nabukko” gaz quvuri barpo qilinmoqda.
Yevropa mamlakatlarida dengiz transporti ham, ichki suv transporti ham rivojlangan. Dengiz transporti Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Polsha, Shvetsiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega.
Dunyoda yuk aylanmasi yiliga 200 mln. tonnadan yuqori bo'lgan dengiz portlari ichida Rotterdam porti (300 mln. t) nafaqat Niderlandiyada, balki butun dunyoda tengi yo‘q hisoblanadi.
Ichki suv yo'llari Rossiya, GFR, Niderlandiya va qator boshqa mamlakatlarda yuqori darajada rivojlangan.
Havo transporti Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR va Rossiyada yaxshi rivojlangan bo'lib, bir yilda 60 mln. yo'lovchini tashuvchi London, Frankfurt-Mayn, Parij shaharlari keskin ajralib turadi.
Turizm. Atrof-muhitni muhofaza qilish
Yevropa qadimdan turizm yuqori darajada rivojlangan dunyo regioni hisoblanadi. Fransiyaga yiliga 50 mln. dan ortiq, Italiya va Ispaniyaga 30-40 mln. kishi turistik sayohat qiladi. Shvetsariya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va boshqa shu kabi mamlakatlar ham jahonning yirik turistik markazlari hisoblanadi.
Yevropa aholisi, shaharlari zich joylashgan, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yuqori bo'lgan, transport va turizm rivojlangan regiondir. Bu esa atrof-muhitning ifloslanishiga ta’sir ko'rsatadi.
Bu borada birinchi o'rinda hududning asosiy joylarini egallagan sanoat - ishlab chiqarishlaning iflos chiqindilarini nazarda tutish kerak. Masalan, ko'mir konlari hamda Reyn, Rona, Luara va boshqa daryolardagi GES lar shular jumlasidandir.
Regionning atrof-muhitiga tobora jipslashib borayotgan qishloq xo'jaligi katta ta’sir ko'rsatmoqda. Avtomobil sanoatining yuqori darajada rivojlanishi, havoda yuk tashish hajmining kengayishi, dengizda kema qatnovlalarining ko'payishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir etmay qo'ymaydi. Oxirgi paytda dengizbo`yi va tog'li rayonlarda turizmning ham tez sur’atlar bilan rivojlanishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Ammo, umumiy o'xshashliklarga qaramasdan, ekologiya sohasida Yevropa regionlari o'rtasida, ayniqsa, G'arbiy va Sharqiy Yevropa o'rtasida tafovut mavjuddir.
Yevropada 1973-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi Yevropa Ittifoqi davlatlarining birinchi dasturi qabul qilindi. Ikkinchi dastur esa 1977-yilda qabul qilindi. Ekologik muammolarni, atrof-muhitni har xil zararli ta’sirlardan saqlash, ekologik barqarorlikni yuzaga keltirish uchun tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik ekspertizalarni tashkil etish maqsadida davlatlararo maxsus komissiya qarorlari qabul qilindi. XX asrning 80-90-yillarda tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolar to`g`risida 300 dan ortiq hujjatlar qabul qilindi.
Bu muammolar ichida toza havoni ifloslantiruvchi kislotali yomg'irdan saqlash Xalqaro konvensiyasi juda muhim o'rin egallaydi.
Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish fondi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo'llab- quvvatlana boshlandi. Bundan tashqari, 80-yillarning oxiri va 90-yillarda tabiatni muhofaza qilishning to'liq strategiyasi ishlab chiqildi. Atrof-muhitni bir me’yorda ushlab turish maqsadida, 90-yillarning boshlariga kelib, neft mahsulotlaridan, ko'mir va tabiiy gazdan oqilona foydalanish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan soliqlar tizimi muhokama qilingandan so'ng qabul qilinadi.
Yana shuni ta’kidlash mumkinki, har xil boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, yo‘l harakati intensiv bo'lgan joylarda yashaydigan kishilar Yevropa Ittifoqi tomonidan 140 mln. dona velosiped bilan ta’minlandi. Shuningdek, Gretsiya, Niderlandiya, Daniyada ekologik muammolarni hal qilish uchun kengaytirilgan ishlar olib borildi. 1993-yil tabiatni muhofaza qilish, turizmni rivojlantirish borasida Yevropa Ittifoqi maxsus qarorlar qabul qildi. Bu qarashlardan asosiy maqsad, dengiz atroflarida, tog'li rayonlarda, milliy parklarda, qo riqxonalarda ekologik masalalarga, ekologik barqarorlikka ko'proq e’tibor benshdan iboratdir.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda Sharqiy Yevropaning siyosiy xaritasida o‘tgan asrning oxirida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sovet Ittifoqi tarqalib ketganligi natijasida Rossiya, Ukraina, Belarus va Moldova davlatlari tashkil topdi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ respublikasining parchalanishi chog‘ida birin-ketin Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya kabi davlatlar mustaqilligini e’lon qildi. Chexiya va Slovakiya respublikalari Chexoslovakiya davlati tarkibidan ajralib chiqdi. Jahon hamjamiyati tomonidan to‘laligicha tan olingan oxirgi siyosiy-geografik o‘zgarish 2006-yildagi Serbiya va Chernogoriya federatsiyasining tarqalishi bo‘ldi.
Ahamiyatlisi shundaki, Bolqon yarimorolidagi ayrim davlatlarning mustaqillikka erishish jarayoni tinch ravishda kechmasdan, harbiy ziddiyat, millatlararo va dinlararo fuqarolik urushlarni keltirib chiqardi. Bunday urushlarning eng qonlilari Bosniya va Gersegovina hamda Xorvatiya davlatlarida 1992–1995-yillarda sodir bo‘ldi. Sobiq Yugoslaviya hududida, xususan Serbiya va Makedoniya davlatlarida, geosiyosiy vaziyat haligacha to‘liq barqarorlashgani yo‘q. Sharqiy Yevropa subregionining yana bir xususiyati bironta ham monarxiya davlati yo‘qligidan iborat. Rossiya hamda Bosniya va Gersegovina hududiy-davlat tuzilish jihatidan federativ, boshqa davlatlar esa unitar tuzilishga ega.
Subregion hududi asosan, ulkan Sharqiy Yevropa tekisligidan iborat bo‘lsada, yirik tog‘ tizimlari ham mavjud. Tog‘lar Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Albaniya va sobiq Yugoslaviya davlatlari hududining katta qismini egallaydi. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gaz (Rossiya, Ruminiya), tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir (Ukraina, Rossiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Serbiya), temir rudalari (Rossiya, Ukraina, Polsha), rangli metallar (Albaniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya), kaliy tuzlari (Belarus, Rossiya), torf (Belarus, Rossiya) zaxiralarini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sharqiy Yevropaning tog‘li mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, ulardan samarali ravishda foydalanilmoqda. Shuning uchun ham Slovakiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya, Albaniyaning energetika balansida GES ulushi yuqori.
Aholi daryo vodiylari, dengiz bo‘ylarida hamda yirik sanoat rayonlarida zich joylashgan. Urbanizatsiya darajasi, Moldova, Bosniya va Gersegovina hamda Sloveniyadan tashqari, 50 foizdan yuqori, ayrim davlatlarda esa 70 foizdan ham ortib ketadi. Lekin o‘rtacha olganda, boshqa subregionlarga nisbatan Sharqiy Yevropaning shaharlashuv darajasi biroz pastroq. Eng yirik shahar aglomeratsiyalari Moskva, Sankt-Peterburg, Praga, Kiyev, Budapesht negizida, Ukrainadagi Donetsk-Dneprbo‘yi va Polshadagi Sileziya sanoat rayonlarida, Rossiya hamda Bolgariyaning Qora dengizbo‘yi sohillarida shakllangan.
Sharqiy Yevropa davlatlarida oxirgi yillarda shakllangan demografik vaziyat inqirozli ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning o‘lim darajasidan pasayib ketganligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham Sharqiy Yevropadagi aksariyat mamlakatlar aholi soni tez sur’atlar bilan kamayib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Aholining milliy tarkibida slavyan xalqlari yetakchilik qiladi. Slavyan xalqlari guruhiga rus, ukrain, belarus, polyak, bolgar, serb, xorvat, chex, slovak, bosniyalik, sloven, makedoniyalik, chernogoriyaliklar kiradi.


Download 43.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling