Rais: Dissertatsiya yuzasidan ko’rsatilgan kamchiliklariga javob berish uchun so’z erkin izlanuvchi Z.M Ataullayevga berildi
Z.M Ataullayev
1. Dissertatsiyada aуrim rasmlarning ichiga lotin harflar bilan yozilgan .
2. Dissertatsiya asosiy matnidagi rasmlarning ichida berilgan ingliz tilida yozilgan ma’lumotlarni o‘zbek tiliga o‘girgan holda dissertatsiyaga kiritilsa yaxshi bo‘lar edi.
3. Dissertatsiya ichida uchraydigan ba’zi texnik terminlarni o‘zbek tilidagi tarjimasi to‘liq yozilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
4. Dissertatsiyada ba’zi orfografik xatoliklar uchraydi. Ularni bartaraf etish lozim.
5. Dissertatsiya ichida adabiyotlar sharhi respublikamiz va chet el olimlari aralash ko‘rsatilgan.
6. Dissertatsiya ichidagi jadval va rasmlarning batartib raqamlanishiga etibor qaratilmagan bo‘lib, ba’zi joylarda nomutanosiblik bor.
7. Dissertatsiyada ba’zi orfografik xatoliklar uchraydi. Ularni bartaraf etish lozim.
8. Dissertatsiyada ichida ayrim mavzuga tegishli bo‘lmagan umumiyo fikrlar ham uchraydi, ularni bartaraf qilish kerak.
Yuqorida ko’rsatilgan barcha kamchiliklarni keyingi seminargacha bartaraf qilaman.
Rais: Endi dissertatsiyaning muhokama qismiga o’tamiz. Kim so’zga chiqadi?
А.Tillaboyev
Z.M Ataullayevning dissertatsiya ishi bugungi kunnning dolzarb masalalarini ochib beradi sababi, hali oliy ta’limda kredit modul tizimiga o’tishda talaba mustaqil ta’limga juda kata e’tibor berish kerak. O’ylaymanki maktab o’quvchilarini mustaqil ishlash ko’nikmalarini oshirish orqali biz kutayotgan natijalarga erishishimiz tabiiy. Z Ataullayevning ilmiy ishlariga omadlar tilayman.
Rais: Ataullayev Zokir Maxsudovichning “Kimyo darslarida oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish metodlari” mavzusidagi 13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun keyingi semenarga tavsiya etish bo’yicha ovozga qo’yaman.
Qaror qilindi:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti erkin izlanuvchisi Ataullayev Zokir Maxsudovichning “Kimyo darslarida oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish metodlari” mavzusidagi 13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun keyingi semenarga tavsiya etish bo’yicha ovozga qo’yilda hamma bir ovozda tavsiya etdi qarshilik va betaraflar yo’q.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti erkin izlanuvchisi Ataullayev Zokir Maxsudovichning “Kimyo darslarida oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish metodlari” mavzusidagi 13.00.02- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi keyingi semenarga tavsiya etilsin.
Kafedra mudiri: PhD. Jo‘rayev M.M.
Kotiba: Eshniyozova N.N.
Do'stlaringiz bilan baham: |