tashkil etishda, o’quvchiga o’qiladigan
materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa,
o’quvchi dam oladigan shanba,
yakshanba kunlarida bekor qolmaydi.
Albatta, bunda ota-ona nazorati o’ta
muhim. .
9-mavzu.Ona tilidan o’quvchilarga bilim, ular hosil qilgan ko’nikma
va malakalarni tekshirishga oid darslarni kuztish.
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar
qanday o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi.
Tekshirish o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan
qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida,
o’quvchilarning yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash,
shuningdek, qo’llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga,
ish metodlariga ayrim o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish
o’quvchilar uchun, birinchidan, to’g’ri shakllantirilgan bilimlarni
mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o’z-
o’zini tekshirishni o’stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi;
bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq
etiladiBoshlang’ich sinflarda ona tilidan bilim, ko’nikma, malakalar og’zaki
va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo’yiladi. Bunda
o’quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so’zni va
gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga)
tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O’quvchilar yozma ishlarni qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |