ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga
ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas
uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish,
shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda
kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda
kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim
omilidir
.
5-mavzu.1-2-3-4-sinfda “Tovush va harflar” bo’limidagi
mavzularni hamda 3-4-sinflarda so’z morfemik tarkibini
o’rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish
.
Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetikbilimga
asoslangan holda 1 sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va
yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish
(tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni farqlash, orfoepik
me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik
va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator imloviy
malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish
uchun zamin bo'ladi. O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular
23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi
yakka harf bilan belgilanadi. U lar quyidagilar: b, d, f, g, h,
j (jurnal), j (jo ‘ja ), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng.
Undoshlarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |