Shirkat shartnomasi
Download 19.83 Kb.
|
1 2
Bog'liqRim huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shirkat shartnomasi
Авл ва Тиберий юк ташишдан даромад олиш мақсадида кема сотиб олишди ва Аппийни капитан қилиб ёллашди, биринчи марта денгизга чиқишдаёқ кема танг аҳволга тушиб қолди. Юкнинг бир қисми зарарланди. Аппийга нисбатан даъво талаби билан чиқилганда у талабни қаноатлантиришдан бош тортди. Зарар кема эгаларидан ундириб олиниши мумкинми? Авл ва Тиберий юкни ташиш шартномасини бевосита кема капитани билан тузишган. Тасаввур қиламизки, Авл зарарнинг 1/3 қисмини тўлашга рози бўлди, сабаби у кемани шунча қисмига эгалик қилади. У бунга ҳақлими? Yuqoridagi kazus yuzasidan fikr yuritadigan bo’lsak, avvalo Rimda mavjud bo’lgan shartnomalar, ularning turlari haqida so’z yuritish lozim. Rim huquqida ham shartnoma deganda taraflar o`rtasida yuridik oqibat tug`diradigan (huquq hamda burchlar yuzaga keltiradigan, o`zgartiradigan yoki bekor qiladigan) harakatga aytilgan. Biroq, ba’zi shartlar bajarilsa haqiqiy deb topiladigan zamonaviy shartnoma huquqidan, rim shartnomasi biroz farq qilgan. Bunda shartlar mazmun hamda shartnoma shakl bilan bog`liq turlarga alohida-alohida qo`yilgan. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma haqiqiy hisoblanishi uchun shartnomaning kauzasi deb ataluvchi (causa contractus) sabablar bilan bog`liq shartlar bajarilishi kerak. Buning oqibatida shartnoma tuzish uchun sabablarning ham 4 xil turi ajratib qo`yilgan. Natijada, ushbu to`rt xil kauza asosida shartnomalar ham 4 ga bo`lingan. Bular i) real shartnomalar (contractus re) shartnoma ashyoning topshirilishi bilan kuchga kiradigan turi, (ii) og`zaki shartnomalar (contractus verbis) kelishuv formal so`zlar bilan og`zaki ifodalanadigan shartnomalar; (iii) yozma shartnomalar (contractus litteris) kelishuv yozma formallashtiriladigan shartnomalar va (iv) konsessual shartnomalar (contractus consensu), qo`shimcha harakatlarsiz taraflar kelishuvi bilan tuziladigan shartnomalar. Shirkat shartnomasi. Shirkat shartnomasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxs xo‘jalik bo‘yicha ma’lum bir maqsadga erishishni ko‘zlab birlashadilar. Shirkat mohiyatan quyidagi mezonlarga asoslangan: sheriklar ko‘zlagan jamiyatga naf keltiruvchi, qonun doirasidagi aniq maqsad, umumiy manfaatni ifodalovchi va maqsadga erishishga qaratilgan doimiy kelishuvlar, mulkiy hamjihatlik, foyda va ziyon ko‘rishda sheriklarning teng ishtiroki. Mulkiy hamjihatlik masalasi e’tiborga molikdir. Sheriklar barcha mulkni o‘rtada taqsimlashni belgilashlari mumkin, natijada qo‘shgan ulushlari hamda keyinchalik qo‘lga kiritgan mulklari ham o‘rtada teng taqsimlangan. Sheriklardan har qaysisi ulush sifatida qo‘shgan mulkiga o‘zining yakka holdagi egalik huquqini saqlagan va o‘z mulkini shirkat ko‘zlagan maqsadga erishish uchun umumiy foydalanish uchun qo‘shgan. Bunday holatlarda sheriklarning shirkatdan chiqishida qo‘shgan ulushi qaytarilgan. Qo‘shilgan ulushning bir xil miqdorda bo‘lishi zarur hisoblanmagan. Sheriklarning har qaysisi pul, mulk yoki o‘zining kasbiy bilimini ulush sifatida qo‘shishi mumkin bo‘lgan. Umumiy qoidaga ko‘ra qo‘lga kiritilgan foyda sheriklarning har qaysisiga teng taqsimlangan, yetkazilgan ziyon uchun ham sheriklarning har qaysisi teng javobgar hisoblangan. Lekin, taqsimotning boshqacharoq shakllari ham mavjud bo‘lgan. Unda sheriklardan biri tushgan foydadan ko‘proq ulush olib, ko‘rilgan ziyonga kamroq hissa qo‘shgan sharoitlarda ham shartnomalar imzolangan. Biroq, sheriklardan biriga faqat ziyon keltirish, boshqasiga esa foyda keltirish qat’iyan ta’qiqlangan. Ulush sifatida umumiy mulkka qo‘shilgan ashyoning tasodifiy kasodga uchrash xavfi sheriklarning barchasiga daxldor bo‘lgan. Yakka holdagi ashyolarning yaratilish belgisidan kelib chiqib umumiy mulkka qo‘shilishi shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kirgan. Ish davomida mulkni yo‘qotish xavfi barcha sheriklar zimmasiga tushgan. Sheriklar umumiy xo‘jalik ishini hamjihatlik bilan olib borishlari zarur edi: umumiy ishga o‘z ishlari va mulklaridan ham yaxshiroq munosabatda bo‘lishlari kerak edi. Sheriklardan har biri u yoki bu ishni bajarganida mustaqil harakat qilgan, pul mablag‘i, buyumlar va h.k.lar olgan. Biroq u olgan bu narsalarini o‘ziga o‘zlashtirmagan, sheriklari bilan yo‘lga qo‘ygan umumiy ishiga qo‘shgan. Shirkatning har bir a’zosiga boshqa sheriklariga nisbatan da’vo huquqi – Download 19.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling