Shisha ishlab chiqarish
Download 115.5 Kb.
|
NMKT 4 kurs Ma\'ro\'za 4 (4)
N atriy sulfat esa parchalanmay suyuqlanadi va 1200°C dagina parchalanadi, demak, ko'p energiya sarflanadi. Yana soda tarkibida 58,5 % Na20 bo'lsa, Na2S04 tarkibida esa 43,6 % Na20 bor, demak, Na2S04 ko'p miqdor talab qilinadi. Agar soda o'miga Na2S04ishlatilsa, unga ko'mir ham qo'shish kerak bo'ladi. Bunda, natriy silikat quyidagi tenglamaga muvofiq hosil bo'ladi. 2Si02+2Na2S04+C=2Na2Si03+C02i+2S02 Rangli shishalar olish uchun shixtaga turli bo'yoqlar (turli metal oksidlari, ular shishada eriydi) qo'shiladi. Masalan, temir oksidi sariq yashil rangga bo'yaydi, Mn02 - binafsha, MnO och sariq yoki qizil, nikel oksidi - qizil-qo'ng'ir, kaliy oksidi - binafsha, kobalt oksidi - ko'k ranglarga bo'yaydi. Bulardan tashqari shixtaga 25-30%gacha shisha siniqlari qo'shiladi.Tiniq bo'lmagan, oq - sutsimon shishalami olish uchun shixtaga so'ndiruvchilar: masalan, qalay oksidi, kalsiy fosfat, kriolit, talk, surma va ftor birikmalari qo'shiladi. Bunda, ular shisha suyuqlanganda unga erib o'tadi, qotayotganda esa mayda kristallchalar shaklida ajralib chiqadi. Xomashyo quritiladi, maydalaniladi, kukun holiga keltiriladi va elanadi. Qum tarkibidagi tuproq zarralari va temir oksidlarini yuqotish uchun yuviladi. Shishaning tarkibidagi moddalaming hammasi qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor shixta vannasimon pechlarga solinib pishiriladi.Shishani pishirish deb bir jinsli shisha massasi hosil bo'lguncha shixtani suyuqlantirishjarayoniga aytiladi. Shishani pishirganda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar boradi. Shixta qizdirilganda (Na2C03, CaC03, MgC03 va Si021ardan) qisman qo'sh tuzlar hosil bo'ladi: MgC03+Na2C03=MgNa2(C03)2 (250°Cda) CaC03+Na2C03=CaNa2(C03)2 (400°Cda) ular so'ngra Si02bilan reaksiyaga kirishadi: CaNa2(C03)2 +2Si02 =CaSi03+Na2Si03+2C02 MgNa/C03)2 +2Si02=MgSi03 +Na2Si03 +2C02 Dastlabki karbonatlar Si02 bilan bevosita ham reaksiyaga kirishib, silikatlarni hosil qiladi. 750-900°C haroratda suyuq faza hosil bo'ladi, natijada silikatlar hosil bo'lishi tezlashadi. Haroratning ko'tarilishi bilan reaksiyaga kirishmagan ohaktosh parchalanib, hosil bo'lgan kalsiy oksidi reaksiyaga kirishmagan soda, Si02 bilan birikib silikatlarga aylanadi. Reaksiyaga kirishmay ortib qolgan Si02 silikatlar suyuqlanmasida asta-sekin eriydi. Shixtaga ozgina CaF2 (plavik shpatini) qo'shish, suyuqlanishini ancha tezlashtiradi.Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling