Shisha ishlab chiqarish


Download 115.5 Kb.
bet1/5
Sana05.10.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1692246
  1   2   3   4   5
Bog'liq
NMKT 4 kurs Ma\'ro\'za 4 (4)

Shisha ishlab chiqarish Shisha eng qadimiy kimyoviy mahsulot ( Misrda eramizdan 6 ming yil ilgari shisha ishlab chiqarilgan). Qovushqoqligi katta bo'igan, o'ta sovitilgan suyuqlik deb qaraladigan materialdir. Shisha suyuqlanganda ham juda qovushqoq bo'lib, uning tarkibidagi zarrachalaming (kimyoviy moddalarning) erkin harakatijuda qiyin bo'lganligi sababli to'g'ri, normal kiristall panjara hosil bo'la olmaydi. Uning aniq suyuqlanish va qaynash harorati bo'lmaydi. Qizdirilganda u sekinlik bilan yumshaydi va so'ngra suyuqlanadi. Shisha tiniq, mexanik mustahkam, kimyoviy agressiv reagentlarga chidamli, elektr tokini o'tkazmaydi. Issiqlikni kam o'tkazadi. Mana shu ajoyib xossalar borligidan keng ko'lamdi ishlatiladi. Ammo u mo'rt bo'ladi. Bu kamchiligi uni termik ishlov berish yo'li bilan kamaytiriladi. Shisha tarkibiga asosan 3 xii tipdagi oksidlar: ishqoriy, ishqoriyyer va kislotali oksidlar kiradi. Shisha quyidagi umumiy formula bilan ifodalash mumkin: nR2O.mRO.pRO2(R2O3) Koeffisentlar o'zgaruvchan qiymatlardir. Bunda, R2O - ishqoriy metallaming oksidlari: Na20, K2O, Li20 va boshqalar, RO - ishqoriy-yer metallarining oksidlari: CaO, BaO, PbO, SrO, ZnO, FeO, MnO va boshqalar R02 (R2O3) - kislotali oksidlar Si02 ' B20 3 ,Al20 3 va boshqalar. (Si02 ning miqdori 70-75 % dan kam bo'lmaydi, ba'zan Si02 ni qisman B20 3 bilan almashtiriladi, Al20 3 esa 1-4 % dan oshmaydi).

Shishaning xossalari uning tarkibiga kiruvchi oksidlaming sifatiy va miqdoriy tarkibiga bog'liq bo'ladi. Kislotali oksidlar shishaga mexanik, termik va kiyoviy mustahkamlik beradi. Ishqoriy metal oksidlari shishaning qovushqoqligi, mexanik, kimyoviy mustahkamligini kamaytiradi. Aksincha, ishqoriy-yer metallari esa kimyoviy chidamligini va qovushqoqligini oshiradi. Tarkibida faqat Na20, CaO, MgO, Si02 va oksidlarni saqlovchi shisha keng miqyosda qo'llaniladi. Na20 ni o'rniga K2O va CaO hamda MgO o'rniga PbO ishlatilsa, tiniqligi, yaltiroqligi, nurni burish xossasi ortadi (masalan, billur (xrustal) va optik shishalar). Kimyoviy idishlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shisha olishda, ishqoriy metallar oksidlarining miqdori kamaytiriladi va Si02 ni qisman B20 3 hamda Al20 3 bilan almashtiriladi. Bunda kimyoviy va termik mustahkamligi ortadi. Shisha pishirish uchun asosiy xomashyo: kvars qumi, ohaktosh yoki bo'r va soda yoki suvsiz natriy sulfat, potash, kaolin, magnizit, dalornit, glyot (PbO), borat kislotasi yoki bura va boshqalar bo'lib, ularga shisha hasil qiluvchilardeyiladi. Qo'shimcha xomashyo esa shisha massasini, xossasini o'zgartiruvchi moddalar bo'lib, bunga rangsizlantirgichlar (oqartirgichlar) natriyli selitra, ba'zan ammoniy tuzlari, mishyak (III) oksidi (0,5-1 %gacha) kabilar kiradi. Shisha xomashyosining asosiy komponenti soda bo'lib, natriy sulfatga nisbatan o'zining ko'pgina texnik ustunliklarga ega. Masalan, soda 851°C da suyuqlansa, natriy sulfat esa 88YC da suyuqlanadi, bundan tashqari soda suyuqlanishi bilanoq Si02 bilan birikib, CO2 ajratib chiqaradi.


Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling