Shisha ishlab chiqarish
Download 115.5 Kb.
|
NMKT 4 kurs Ma\'ro\'za 4 (4)
Kimyoviy reaksiyalar tugagach, suyuqlangan shisha massasini hali bir jinsli deb bo'lmaydi, u tarkibida havo CO2 va boshqa gaz pufaklari saqlaydi. Yanada qizdirilgach, harorat 1200 dan 1500Cgacha ko'tarilgandan keyin shisha massasining qovushqoqligi kamayib, oquvchan bo'lib qoladi, diffuziya tufayli tarkibi gomogenlashadi va gazlar chiqib ketadi. Shisha maxsus uzluksiz ishlovchi vanna pechlarida pishiriladi. (80- rasm.) Pechning asosiy qismi to'g'ri burchakli garizontal holda o'rnatilgan basseyn bo'lib, uzunligi 40 metr, eni 10 m va balandligi 1,5 m, tanasi gumbas shaklida qoplangan bo'lib, dinas plitalardan qilingan basseyn devorlari esa sirkoniyli-korundli to'rt burchakli toshlar bilan qoplanadi. Shisha pishirish pechlari, ichida olov yoqiladigan pechlarga kiradi. Xomashyo ham, suyuq shisha ham ustki qisrnidan yonuvchi gaz alangasida qizdiriladi. Hosil bo'lgan issiq gazlar regeneratorlar orqali chiqadi va unga o'z issiqligini beradi. Gazni yoqish uchun kiritiladigan havo esa regeneratorlar orqali qizib o'tadi (Regeneratorlar 2 ta bo'lib, biridan issiq gaz o'tayotgan bo'lsa, ikkinchisidan, sovuq havo o'tayotgan bo'ladi). Shixta pechning old qismidan (pishirish zonasi) uzluksiz yoki davriy ravishda solinib turiladi. Shisha massasi pechning tiniqlashtirish zonasiga o'zi oqib o'tadi (harorat 1500"C). So'ngra shisha massasi oqib tayyorlash zonasiga boradi, u yerda 1200°C gacha soviydi, natijada uning qovushqoqIigi ortadi. U yerdan turli buyumlar tayyorlash uchun olinadi.Vannali pechlarning mahsuldorligi 300 tjsutkaga teng. Deraza shisha, shisha listlari va butilka shishalami tayyorlash uchun elektr toki bilan qizdiriladigan pechlar ham qo'llaniladi. Optik shishalami olishda shomotdan yasalgan tuvaksimon pechlardan foydaniladi. Shisha buyumlariga shakl berish uchun turli usullar: cho'zish, prokatlash, puflash, presslash, kuyish va boshqalar qo'llaniladi. Shisha suyuqlanmasi sovitilganda UlUng qovushqoqligi sekinlik bilan ortadi, bu xossasi unga shakl berishni osonlashtiradi. Shisha sanoatining asosiy mahsuloti, deraza shishasidir. Uni shisha suyuqlanmasining ustki qismidan, qayiqcha usilida mashina yordamida shisha listlarini cho'zib tortish orqali olinadi. Bunda o'tga chidamli materialdan yasalgan qayiqcha (qayiqchani o'rtasida, uzinasiga kesilgan uzun teshik bo'lib, undan shisha suyuqlanmasi chiqadi) shisha suyuqlanmasining ustiga qo'yiladi. Qayiqcha maxsus qisuvchi moslama yordamida shunday o'matiladiki, bunda qayiqcha teshigining ustki qismi shisha suv sathidan past bo'ladi. Natijada teshikdan shisha massasi va u mashinaning temir romi yordamida yuqoriga cho'zib tortiladi . Qayiqchaga yaqinjoyda tortiladigan shisha listining ikki tomonida sovitgichlar o'rnatilgan bo'lib, shishani sovitadi. Mashinaning balandligi 5,5 m, unda juft val o'matilganDownload 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling