Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi


Download 271.5 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi271.5 Kb.
#1537696
  1   2   3
Bog'liq
Shisha maxsulotlarni turlari


Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi.


Reja:

1. SHisha buyumlar uchun xom ashyolar


2. SHisha buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi
3. SHishadan tayyorlanadigan buyumlar: pardozbop shisha buyumlar, deraza oynalari, shisha bloklar

Qattiq, amorf, optik diapazonning u yoki bu sohasida (tarkibiga qarab) shaffof bo‘lgan, tarkibida shisha hosil qiluvchi qo‘shimchalar (kremniy, bor alyuminiy va boshqalarning oksidlari) hamda metall (litiy, kaliy, magniy, qo‘rg‘oshin va boshqalar) oksidlari bo‘lgan o‘ta sovitilgan suyuq mineral eritmalardan olinadigan material shisha deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra shishalar qurilish oynalari (deraza oynasi , naqshli, shishabloklar va hokazo), texnik shisha (kvarsli, yorug‘lik-texnika, shisha tola), navli shisha va hokazolarga bo‘linadi. SHisha tayyorlash uchun sof kvars qum, ohaktosh dolomit, kalsinirlangan


soda yoki natriy sulfat asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Qurilish
oynalarining qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bor oksidi (issiqqa chidamliligini oshiradi), alyuminiy (mustahkamligi va kimyoviy turg‘unligini oshiradi), ftor, rux va boshqalar kiritiladi. Rangli shisha olish uchun marganets peroksid, xrom, kobalt oksidlari va boshqalardan foydalaniladi. SHisha ishlab chiqarish: xom ashyo materiallari tayyorlash [boyitish, quritish, maydalash); shixta tayyorlash (qo‘shimchalarni aralashtirish va briket(zichlab g‘ishtga o‘xshatib tayyorlangan narsa)lash]; shisha suyuqlantirish o‘choqlarida 1400-15000S da suyuqlantirish; shisha massasini kerakli haroratgacha sovitish (bunda shisha oyna ishlab chiqarish usuli uchun optimal qovushoqlikka ega bo‘ladi) va hosil qilingan eritmadan buyumlar qoliplash; ularga termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish texnologik operatsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish (qoliplash) usuli buyum turiga bog‘liq. Qurilish oynasi
olish uchun cho‘zish, prokatlash va zichlash usullaridan foydalaniladi.
SHisha siqilishga yuqori mustahkamlikka (600-1200 MPa) va cho‘zilishga esa (30-90 MPa) nisbatan kam mustahkamlikka ega ekanligi bilan xarakterlanadi. U zarbga juda yomon qarshilik ko‘rsatadi, ya’ni mo‘rt bo‘ladi. SHishaning tiniqligi va ko‘rinadigan spektr nurlarining kamida 84% ini o‘tkazishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Oynalarning zichligi 2,2 dan 2,6 g o‘zgaradi, sanoat shishasining zichligi 2,5 gatrofida bo‘ladi. SHisha nisbatan issiqlikni past o‘tkazuvchanligi bilan farqlanadi; shishaning turiga qarab uning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,5-1 Vt chegaralarida o‘zgaradi. SHishaning issiqlikka chidamliligi past bo‘ladi, ya’ni keskin va kuchli qizdirilganda yoki sovitilganda katta kuchlanishlar vujudga keladi, natijada yoriqlar bilan qoplanadi. Qizdirilganda yumshaydi va 10000S ga yaqin haroratda suyuqlanadi. Kimyoviy jihatdan yuqori turg‘unlikka ham ega. Aksariyat mineral kislotalar shishani emirmaydi; ishqorlar eritmasi va hatto toza suv, juda sekin oqsa ham, shisha sirtini emiradi.
List (taxta) oyna Respublikamizning shishasozlik sanoati taxta oynalarning bir nechta xillarini, xususan, odatdagi deraza oynasi, vitrina oynasi, o‘zaklangan, naqshli, issiqlik yutuvchi va boshqa oynalar ishlab chiqaradi. Qurilishda jilolanmagan rangsiz taxta deraza oynasi juda keng ko‘lamda qo‘laniladi. Bu oyna qalinligi 2-6 mm va o‘lchamli 400x400 dan 1600x2200 mm gacha bo‘lgan taxta ko‘rinishida chiqariladi, ular 85-90% yorug‘lik o‘tkazadi. Deraza oynasi turar joy va sanoat binolarining yorug‘lik tushiradigan oraliqlariga o‘rnatilgan yog‘och, metall va plastmassa romlarga o‘rnatiladi. Vitrina(ko‘rinish) oynasi jilolangan va jilolanmagan yirik o‘lchamli tavaqalar ko‘rinishida 6-10 mm qalinlikda chiqariladi va magazin, restoran, kinoteatr, ko‘rgazma zallari, avtobus va temir yo‘l bekatlari va shu kabi binolarga
oyna solishda foydalaniladi. U odatda, metall romlarda o‘rnatiladi.





O‘zaklangan oyna (36-rasm) suyuqlantirilgan shisha massasiga metall
to‘rni presslab kiritish asosida gorizontal chig‘irlash(prokatlash) usulida
tayyorlanadi. U yuqori darajada olovbardosh va xavfsiz hisoblanadi.
Undan fonar, to‘siq va balkon ixotalarini oynalash uchun foydalaniladi.

Download 271.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling