Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o'rganish
Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari
Download 25.87 Kb.
|
Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy mustahkamligi
- Shishaning issiqlikka munosabati
Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari
Shisha togri fazoviy panjara strukturasiga ega bolmaganligi sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari shishaning muayyan erish harorati bolmaydi. Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini organish uning tarkibida mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bolishini korsatadi. Shishaning bu xolati uning “mikrogeterogenligi” deyiladi. Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mortligi kam shishalar-sitallar yaratiladi. Shishaning oziga xos strukturasi uning shaffofligini, mortligini, atmosfera muhitiga, otga chidamligini, harorat ozgarishiga tasirchanligini belgilaydi. Nazariy mustahkamligi. Deraza oynalarining chozilishdagi mustahkamligi 6500-8000 MPa boladi. Shisha strukturasida mikrodefektlar bolganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa boladi. Shishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, bazi xollarda 1200 MPani tashkil etadi. Nur otkazuvchanligi. Deraza oynalarining nur otkazuvchanligi 90-92%, profillanganiniki 84-86%, shishabloklarniki 80-85% ni tashkil etadi. Shisha nurni qaytarish xususiyatiga ega bolgani uchun va faqat 2% nurni ozi yutgani sababli nur otkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish burchagiga bogliq boladi. Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha nurlarni esa yomon otkazadi. Shisha zich material (2,5-2,6 gsm3) bolgani uchun tovushni yaxshi otkazadi. Shu sababli binolarga tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya xolatini yomonlashtiradi. Tovushni izolyatsiyalash deraza oynalarining qalinligi va ular orasidagi masofaga bogliq boladi. Shishaning issiqlikka munosabati. Deraza oynalarining 1000C haroratdagi issiqlik izolyatsiyasi koeffitsienti 0,4-0,82 Vtm0C tashkil qiladi. Tarkibidagi ishqoriy oksidlar kop bolgan shisha issiqlikni kam otkazadi. Kopikshishaninig issiqlik izolyatsiyasi koeffitsienti 0,045-0,058 Vtm0S boladi. Xona haroratida shishaning issiqlik sigimi 0,63-1,05 KJkg0C ni tashkil etadi. Shishaning issiqlik sigimi va issiqlikdan termik kengayishi uning kimyoviy tarkibiga bogliq boladi. Qurilish shishasining haroratdan chiziqli kengayish koeffitsenti (9.10- 6-15.10-6)0C-1 ni eng kichik korsatkichi 0,58.10-6 0C-1 tashkil etadi. Shishaning issiqqa bardoshligi haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientiga, oz navbatida shisha xom ashyosining kimyoviy tarkibiga bogliq boladi. Oddiy qurilish shishasining issiqqa chidamliligi 1200C atrofida boladi. Shisha tarkibiga kremniy, bor va sh.k. oksidlarni kiritib issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti, demak issiqqa bardoshligi oshiriladi. Download 25.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling