Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o'rganish


Download 25.87 Kb.
bet3/8
Sana03.12.2023
Hajmi25.87 Kb.
#1801371
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o\'rganish

Elektr otkazuvchanlik. Shishaning elektr otkazuvchanligi uning kimyoviy strukturasiga, shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura bilan taminlanganligiga bogliq boladi.
Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 1010-1011 Om.sm, teshib otish kuchlanishi 450 kVsm2 tashkil qiladi.
Texnologik xususiyatlari. Shishani va undan tayyorlangan buyumlarni mexanik qayta ishlash mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari vositasida charxlash, shliflash, polirovkalash shular jumlasidandir. Shishani 800-10000C haroratda list, nay, tola sifatida chozib olish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda shishaning ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va memorchilik buyumlari va qismlari, shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tugildi.
Shishaning turlari
Taxta oyna. Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini yutuvchi, armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni tosishga, sanoat va jamoat binolarini tashqi muhitdan izolyatsiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm, uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm olchamlarda tayyorlanadi. Bir metr kvadrat oynaning massasi 2-5 kg boladi. Shisha taxtaning nur otkazuvchanligi 87% kam bolmasligi, shaffof bolishi talab etiladi. U rangsiz bolib, bazi xollarda yashil yoki kokimtir soyalar bolishi ruxsat etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yol-yol chiziqlar, boshliqlarning bolishi uning navini belgilaydi.
Vitrina oynasi mamuriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. binolarni bezashda va izolyatsiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, boyi
6000 mm gacha olchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur otkazuvchi turi binolarni bezashda va yoruglik nurini motadil saqlashda zarur boladi.
İssiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, turli rangdagi metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan boladi. Metall yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash uskunalari yordamida nikel-xrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur otkazuvchanligi 30-70% atrofida boladi. Metall qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan vitrina oynalari Parij, Berlin, Toshkent (Biznes markazi, İnterkontinental mehmonxonasi va x.k.) va boshqa mamuriy binolarni bezash va izolyatsiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari kopligidan darak beradi.
İssiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi bolishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bogchalari, gulxona, qishki bog, bino va inshootlarni romlariga ornatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bolinib, xona ichi korinmasligi uchun deraza, eshik romlariga ornatiladi. Gulli oyna quyilayotganda maxsus valiklardan foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi. Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan polat tor bilan kuchaytirib tayyorlanadi. Bu oyna silliq va tolqinsimon bolib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini
taminlaydi. Uning olchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-6500C haroratda qizdirib va asta-sekin sovutib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya tosiqlari va bolmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qorgoshin, litiy, bor, kadmiy va tseziy oksidlari (0,25-1,5%) qoshilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostantsiyalarida, reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
Kop qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bolib, asosiy va oraliq (amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa ham sochilib ketmaydi.
İssiqqa bardoshli oyna borosilikatli bolib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari boladi. Bu oyna turi 2000S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 marta kam boladi (2-4.10-6 0C).

Download 25.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling