Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o'rganish
Shisha buyumlar va konstruktsiyalar
Download 25.87 Kb.
|
Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha blok turlari
- 2-rasm. İkki va uch qatlamli shishapaketlar (a). Shishapaket tugunlarining konstruktiv echimi-elimlangan (b), kavsharlangan (v) va payvandlangan(g)
Shisha buyumlar va konstruktsiyalarKovakli shisha bloklar payvandlangan ikki bolakdan iborat bolib, nurni taratuvchi, issiqlik va tovush izolyatsiyalovchi xususiyatlarga egadir. Shisha blok ichki tomonidagi chiziqli bortmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur otkazuvchanligi 65% kam emas, nurni taratishi 25%, issiq otkazuvchanligi 0,4 Vtm0C atrofida boladi. Shisha bloklar rangli va kop bolmali bolishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, ovqatlanish muassalarida, zinapoya bolmalarida ishlatilishi mumkin. Shisha bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma bilan terilib konstruktsiya tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari qoyiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi (1-rasm). Shishapaketlar ikki yoki uch qatlam oynani maxsus ramalarga havo kirmaydigan qilib germetiklar yordamida ornatiladi. Shishapaketlar terlamaydi, issiqlik va tovush izolyatsiyalovchi boladi. Ular oynaning oddiy, toblangan, nur qaytaruvchi va rangli turlari asosida tayyorlanadi. Shishapaketlar jamoat va sanoat binolarida ishlatilishi mumkin. Shisha blok turlari a) BK 24498; b) BKTs 19498; v), g) BPTs 29419498. Shishaprofilit qobirga, shveller, tavr, yarimaylana, paket kondalang kesimli (profilli) bolib, maxsus mustahkam shishadan tayyorlanadi. Shveller profilli shisha profilit eni 250-500 mm, paketliniki 250-300 mm bolishi mumkin. Ularning armaturali va armaturasiz, rangli va rangsiz turlari bolib, yigilayotganda maxsus sovuqqa va suv muhitiga chidamli moslamalar (prokladka) yordamida zichlashtiriladi. Ular sanoat binolari, sport inshootlari, transport toxtash joylari qurilishida ishlatiladi (2-rasm). 2-rasm. İkki va uch qatlamli shishapaketlar (a). Shishapaket tugunlarining konstruktiv echimi-elimlangan (b), kavsharlangan (v) va payvandlangan(g) 1-shisha; 2-havo (gazli) qatlam; 3-tayanch ramkasi; 4-elimlovchi va zichlashtiruvchi qatlam; 5-qorgoshinli qotishma asosidagi qatlam; 6-shisha yuzidagi metallashtirilgan qatlam; 7-kavsharlangan qatlam; 8-shisha payvandlangan tugun. Shisha naylar ingichka kapillyardan tortib to diametri 150 mm gacha bolgan qalin devorli holda ishlab chiqariladi. Shisha naylar kimyo, oziq-ovqat, dorishunoslik, meditsina va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Ular ichi silliq bolib, gigiena talablariga javob beradi. Shisha naylar mort, egilishdagi mustahkamligi kichik, issiqqa bardoshligi 400S atrofida boladi. Kopik shisha bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning (diametri 0,1-0,6 mm) ozaro yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil bolgan. Kopik shisha sanoatda ishlab chiqariladigan shisha chiqindilarni obdon tuyib, unga gaz hosil qiluvchi qoshilmalar (koks, ohaktosh, marmar va sh.k.) qoshiladi va 700-9000C eritilib, qolipga quyiladi. Suyultirilgan shishada qoshilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida buyumda mayda govakchalar paydo boladi. Bu esa buyumning ortacha zichligi, issiqlik va tovush otkazuvchanligini kamaytiradi. Kopik shishaning govakligi 85-95%, ortacha zichligi 200-400 kgm3, issiqlik otkazuvchanlik koeffitsienti 0,08-0,12 Vtm0C, siqilishdagi mustahkamligi 0,5-12,5 MPa atrofida boladi. Kopik shishadan olchamlari 1000x500x125 mm yoki 500x500x125 mm li blok va plitalar tayyorlanadi. Kopik shishani arralash, kesish yoki parmalash mumkin. Undan tayyorlangan buyumlar sovuqqa hamda kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli boladi. Kopik shisha qurilishda kop qatlamli temirbeton panellarda, gisht va yogoch taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda, issiqlik izolyatsiyasi qatlami sifatida ishlatiladi. Sirti 4000C gacha qiziydigan uskuna va quvurlarni qoplashda ham issiqlik izolyatsiyasi materiali tarzida ishlatish mumkin. Shisha tola-borosilikat shishasini yuqori haroratda eritib, diametri 0,0002-0,03 mm teshikdan tortib chiqarib, galtaklarga orab olinadi. Shisha tolasini uzluksiz ravishda olish texnologiyasi 3-rasmdan sxema tarzida korsatilgan. Download 25.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling