Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o'rganish
Download 25.87 Kb.
|
Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
- Shisha ishlab chiqarish
Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o'rganish Reja:Umumiy ma’lumotlar Shisha ishlab chiqarish Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari Shishaning turlari Umumiy ma’lumotlar Shisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda malum bolgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. Wzbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, tsexlar kopaymoqda. Shular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan Chirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur otkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yolga qoyilmoqda. Shisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bolinadi: kimyoviy tarkibga kora: oksidli (silikatli, kvartsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga kora; qurilish, memorchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar. Shisha ishlab chiqarish Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvarts qumi ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qoshiladi. Agar kvarts qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha boladi (Na2Si03). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini taminlaydi. Silikatli shisha 15000C haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800-9000C etganda silikatlar hosil bolish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-12000C bolganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida kop havo pufakchalari boladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 15000C chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 200-3000C atrofida bolib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bogliq. SiO2, Al2O3, ZrO2 oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na2O, CaO, Li2O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. Shisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta otishga olib keladi. Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa boyicha: SiO2-64-73; Al2O3-0,5-7,2; K2O-0-5; Na2O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe2O3-0-0,4; CO3-0-0,5; V2O3-0-5. Shisha massasiga kaolin, dala shpati (Al2O3) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. Shisha xom ashyosi tarkibiga B2O3 qoshilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi. Qorgoshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi. Shisha olish “qayiq” usulida bolib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va kozgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi. Download 25.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling